1. Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati qanday amalga oshiriladi?


Download 28.83 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi28.83 Kb.
#1551429
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik


Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik . Majburiyatlarni bekor bo`lishi.
Savol- javoblar
1. Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati qanday amalga oshiriladi?
Javob: Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
2. Neustoyka nima ?
Javob: fuqarolik huquqida majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usullaridan biri; qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi.
3. Neustoykani kamaytirish qanday usulda amalga oshiriladi?
Javob: Bunda qarzdor majburiyatni qay darajada bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli, shuningdek kreditorning manfaatlarini e’tiborga oladi va agar to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka kreditorning majburiyatini buzish oqibatlariga nomutanosibligi ko‘rinib tursa, sud neustoykani kamaytirishga haqli.
4. Pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik qonunchilikda qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob: Boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolsa, ularni qaytarib berishdan bosh tortsa, ularni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirsa yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olsa yoki jamg‘arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar summasiga foiz shaklida olinadi.
5. Subsidiar javobgarlik tushunchasi nima?
Javob: asosiy qarzdorning javobgarligiga qo'shimcha ravishda boshqa shaxsning javobgar bo'lishi. Subsidiar javobgar bo'lgan shaxs kreditor oldida asosiy qarzdor kabi javob beradi.
6. Subsidiar majburiyat nima?
Javob: asosiy qarzdor bo'lgan boshqa shaxsning javobgarligiga qo'shimcha ravishda shaxs o'z zimmasiga oladigan majburiyat.
7. Xususiy belgili ashyoni topshirish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari qanday?
Javob: Xususiy belgili ashyoni kreditorning mulki qilib, uning xo‘jalik yuritishiga, operativ boshqaruviga yoki foydalanishiga topshirish majburiyati bajarilmagan taqdirda kreditor bu ashyoni olib qo‘yishni va majburiyatda nazarda tutilgan shartlar asosida o‘ziga topshirishni talab qilishga haqli. Bu huquq ashyo bir xil huquqqa ega bo‘lgan uchinchi shaxsga topshirilgan bo‘lsa, bekor bo‘ladi. Agar ashyo hali topshirilmagan bo‘lsa, vaziyat qaysi kreditorning foydasiga oldinroq vujudga kelgan bo‘lsa, o‘sha kreditor ustunlikka ega bo‘ladi, basharti buni aniqlash mumkin bo‘lmasa, oldin da’vo qo‘zg‘atgan kreditor ustunlikka ega bo‘ladi.

Download 28.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling