1. Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati qanday amalga oshiriladi?


Javobgarlik va majburiyatni asl holida bajarish qanday amalga oshiriladi?


Download 28.83 Kb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi28.83 Kb.
#1551429
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik

28. Javobgarlik va majburiyatni asl holida bajarish qanday amalga oshiriladi?
Javob: qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat lozim darajada bajarilmagan taqdirda neustoyka to‘lash va zararni qoplash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi. Basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat bajarilmagan taqdirda zararni qoplash va uning bajarilmaganligi uchun neustoyka to‘lash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi. Kechiktirib yuborish oqibatida o‘zi uchun ahamiyatini yo‘qotgan (Fuqarolik Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismi) ijroni kreditorning qabul qilishdan bosh tortishi, shuningdek voz kechish haqi tarzida belgilangan neustoykani to‘lash (Fuqarolik Kodeksning 342-moddasi) qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.
29. Taraflarning kelishuvi bo’yicha va qarzdorni qarzdan voz kechishi bo’yicha majburiyatning bekor bo’lishi.?
Javob: Taraflarning kelishuviga muvofiq majburiyatlarning bekor qilinishida bunday kelishuv bajarilmagan majburiyatlarni kelgusida bajarishdan ozod qilishga qaratilgan bo’ladi va har ikki taraf majburiyatni bajarishga hali kirishmagan vaqtda yoki majburiyatning bir qismi bajarilgan paytda yuz beradi. Taraflarning kelishuvlari turlicha mazmunda, chunonchi, qarzni to’lashdan yoki biron-bir ishni bajarishdan ozod qilish to’g’risida bo’lishi mumkin.
30. Solidar javobgarlik nima?
Javob; bu bir necha qarzdor majburiyatiga oid fuqarolik javobgarligi. Xususan, qarzdorlar sherik bo'lib majburiyat olganida kreditor hamma qarzdorlardan majburiyatni solidar bajarishni ham, ularning har biridan alohida-alohida bajarishni ham, shu bilan birga, qarzni to'la yoki uning bir qismini to'lashni ham talab qilishga haqli.
Download 28.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling