Reja: Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari tushunchasi, ularning mehnat huquqiy munosabatlarni tartibga


Download 95.5 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1180042
  1   2   3
Bog'liq
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari shartlarini bajarmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi


Jamoa shartnomalari va kelishuvlari shartlarini bajarmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi
Reja:
1. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari tushunchasi, ularning mehnat huquqiy munosabatlarni tartibga
solinishidagi o‘rni
2. Jamoa shartnomasi taraflari va shartnomaning
tuzilish tartibi
3. Jamoa shartnomasining mazmuni va tarkibiy tuzilishi
4. Jamoa kelishuvi tomonlari, tuzilish tartibi va mazmuni

Yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topayotgan va tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi paytda korxonalardagi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashning, zarur ishlab chiqarish sharoitlari yaratilishini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy vositalaridan biri jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvidir. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi xodimlarning ham, ish beruvchilarning ham faolliklarini oshirishga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 29-moddasida ta’kidlanganidek, jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi korxonalarda, muayyan kasb xodimlari, tarmoq, hudud xodimlarining mehnatga oid ijtimoiy-iqtisodiy, kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi, mehnat shartlari va ijtimoiy kafolatlar belgilashga qaratilgan me’yoriy hujjat hisoblanadi.


Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
Jamoa shartnomasi – korxona, uning filiali, vakolatxonasi xodimlari bilan ish beruvchi o‘rtasida tuziladigan va sotsial-mehnat munosabatlarini tartibga solishga xizmat qiluvchi huquqiy aktdir. O‘zbekistonda mehnat bozorining vujudga kelishi va mehnat sohasida yangi ijtimoiy aloqalarni paydo bo‘lishi munosabati bilan jamoa shartnomasi mohiyati va mazmuni o‘zgarib bormoqda. Hozirgi paytda jamoa shartnomalari xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi sotsial-sherikchilik munosabatlarining, bevosita mehnat munosabatlarining tartibga solishning asosiy shakllaridan biriga aylanmoqda.
Bugungi kundagi jamoa shartnomasi konkret korxona va tashkilotlarda Mehnat Kodeksi vazifasini bajaruvchi lokal normativ hujjat tusini olib borayotir. Uning vositasida ayrim olingan bir korxona-tashkilotda uning mulkchilik shaklidan qat’i nazar mehnat sharoitlarining avtonom tizimiga erishish ta’minlanmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida jamoa shartnomalarining huquqiy mohiyati bir xil bo‘lmasdan, ikki tomonlama tamoyilga asoslanadi. Birinchidan, korxona mulkdori, tadbirkorning korxonani boshqarishdagi avtonomligi, ikkinchidan esa mehnat, sotsial-iqtisodiy va kasbiy masalalarning hal etilishida kasaba uyushmalari faol ishtirok etishi tamoyillari amal qiladi.
Jamoa shartnomasi o‘z maqsadlari tarqaladigan shaxslar doirasi, normativ-yuridik kuchiga ko‘ra odatdagi fuqarolik-huquqiy shartnomalardan tubdan farq qiladi.
Sotsial-sherikchilik munosabatlarini korxona, tashkilot darajasida tartibga soluvchi lokal normativ-huquqiy hujjat sifatida jamoa shartnomasi ikki tomon: yollanma xodimlar va ish beruvchilar manfaatini o‘zida ifodalaydi. Shu sababli bunday hamkorlik shakli bipartizm nomini oldi.
Sotsial sherikchilikning boshqa shakllari mintaqa, tarmoq darajasida – mintaqaviy jamoa kelishuvlari, umumdavlat miqyosida – bosh jamoa kelishuvlari ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Bundan sotsial hamkorlik ko‘pchilik hollarda nafaqat ikki tomon (xodim va ish beruvchi) manfaatlarini balki unda uchinchi tomon sifatida qatnashuvchi davlat manfaatlarini ifodalaydi.
Jamoa shartnomasi mehnat huquqining muhim institutlaridan biri sifatida qonunlar, qonun hujjatlari, tarmoq lokal normativ-huquqiy hujjatlarini keng kamrab oladi. Bular qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi (29-56-moddalar), Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun va boshqa qonunlar; O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashning 2000 yil 10 yanvardagi 35-05/11-sonli «2000 yil uchun jamoa shartnomalarini tuzish bo‘yicha tavsiyalar», ko‘plab tarmoq va mintaqa kelishuvlari, kasaba uyushmalari faoliyati va boshqalarni kiritish mumkin.
Korxonalarda jamoa shartnomalari tuzilishi quyidagi tamoyillarga tayanadi:
a) qonunlarga amal qilish shartligi;
b) taraflar vakillarining vakolatliligi;
v) taraflarning teng huquqliligi;
g) jamoa shartnomasi tarkibiga kiruvchi masalalar tanlanishining va muhokama etilishining erkinligi;
d) majburiyatlarni zimmaga olinishining ixtiyoriyligi;
ye) olingan majburiyatlar bajarilishining ta’minlanishi;
j) jamoa shartnomasi shartlarini bajarilishi ustidan nazorat olib borilishi va javobgarlikning muqarrarligi.
Jamoa shartnomasi shartlari va unda ko‘zda tutilgan normativ-huquqiy qoidalar tegishli korxona ish beruvchisi hamda xodimlari uchun majburiy kuchga ega. Ammo undagi qoidalar xodimlar ahvolini qonunda belgilanganidan yomonlashuvini ko‘zda tutadigan bo‘lsa, uning qoidalari o‘z-o‘zidan huquqiy hisoblanmaydi.
Jamoa shartnomalari tuzishning bugungi kungi g‘oyasi qonunlar doirasidan tashqarida, qonunchilikka va davlat manfaatlariga ziyon yetkazmagan holda mehnat munosabatlarini tartibga solishda sotsial-sherikchilikni kuchaytirishga qaratilgandir.

2-§. Jamoa shartnomasi taraflari va shartnomaning


tuzilish tartibi

Jamoa shartnomasi taraflari sifatida bir tomondan – o‘z vakillik organi (kasaba uyushmasi qo‘mitasi) orqali korxona mehnat jamoasi a’zolari bo‘lgan xodimlar, ikkinchi tomondan esa o‘z rahbar orqali korxona ish beruvchisi qatnashadi. Jamoa shartnomasi tarafi sifatida ayrim olingan xodim emas, balki korxona yoki tarkibiy bo‘lim (sex, bo‘lim va h.k.) mehnat jamoasi yaxlit holda qatnashadi. Xodimlar yoki mehnat jamoasi jamoa shartnomasi qabul qilinishda bevosita qatnashmaydi va bu vazifa kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bajariladi.


Amaldagi mehnat qonunchiligi normalariga ko‘ra jamoa shartnomasi ishlab chiqish va qabul qilishning majburiy qoidalari (protsedurasi) nazarda tutilgan. Muzokoralar olib borish jamoa shartnomasi ishlab chiqishdagi dastlabki bosqich sanaladi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 31-moddasiga ko‘ra: «Har qaysi taraf jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish va o‘zgartirish yuzasidan muzokoralar olib borish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega».
Buning uchun manfaatdor tomon ikkinchi tomonga yozma xabar yuboradi. Tegishli yozma xabar olganidan keyin yetti kun ichida taklifni olgan taraf muzokoralarga kirishi lozim. Xodimlar nomidan ish beruvchi vakili sanaluvchi shaxslar tomonidan muzokaralar olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muzokaralar olib borish jarayonida tomonlar o‘rtasida tortishuv yuz beradigan bo‘lsa, bu holda tegishli bayonnoma tuziladi va 3 kun ichida kelishtirish komissiyasi tuziladi. Komissiya qarama-qarshiliklarni bartaraf eta olmasa, unday holda nizoni hal etish uchun tomonlar o‘zaro kelishib belgilaydigan organga murojaat qilinadi.
Muzokaralar olib borishda bevosita ishtirok etuvchi shaxslar uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilangan bo‘lib, ularning o‘rtacha ish haqlari saqlangan holda vazifalarini bajarishdan ozod qilib qo‘yiladi. Bo‘lajak jamoa shartnomasi qoidalari haqida aniq muzokaralar olib borishlik uchun tomonlar tenglik asosida zarur vakolatlarga ega bo‘lgan komissiya tuzadi. Komissiya mustaqil ravishda ish olib boradi va ish beruvchi uning samarali ishlashi uchun zarur sharoitni yaratib berishga majbur sanaladi. Jamoa shartnomasi tuzishga doir muzokaralarni olib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 32-moddasida belgilangan. Qonunda muzokaralar chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni hal etish, yagona xulosaga kelish imkoni bo‘lmaganida muammoni hal etish tartiblari belgilab qo‘yilgan.



Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling