1. tovush (fizikada) keng maʼnoda gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda toʻlqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati


Download 13.84 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi13.84 Kb.
#116651
Bog'liq
13-1QXMS-19 Narzullayev Mehriddin Biofizikadan oraliq nazorat savoliga javobi


5_variant

1.TOVUSH (fizikada) — keng maʼnoda — gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda toʻlqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor maʼnoda — odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilisheshitish hodisasi. Eshitiladigan va eshitilmaydigan Tovush bor. Chastotasi 16 Gs — 20 kGs gacha boʻlgan toʻlqinlar inson qulogʻida Tovush sezgisini uygʻotadi. Chastotasi 16 Gs dan kichik boʻlgan elastik toʻlqinlar infratovush deb ataladi. Chastotasi vq20 kGs Q 1 GGs boʻlgan toʻlqinlar ultratovush va chastotasi u>1GGs dan yuqori boʻlgan toʻlqinlar gipertovush deyiladi. Infra, ultra va gipertovushlarni inson qulogʻi eshitmaydi. Gaz va suyuqliklardagi Tovush toʻlqini faqat boʻylama toʻlqin, qattiq jismlarda tarqaladigan toʻlqinlar esa ham boʻylama, ham koʻndalang boʻlishi mumkin. Tovush tezligi quruq havoda 15° trada 0,34 km/s, suyukdikda 152 km/s, qattiq jismda 5Q6 km/s (olmosda 18 km/s) boʻladi.

Insonlar qabul qilgan Tovushlarni ularning yuksakligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu har bir subyektiv bahoga Tovush toʻlqinining aniq fizik xarakteristikam moye keladi.

Har qanday real Tovush oddiy garmonik tebranish emas, balki maʼlum chastotalar toʻplamiga ega boʻlgan garmonik tebranishlarning yigʻindisidan iborat. Berilgan Tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari toʻplami Tovushning akustik spektri debataladi. Agar Tovushda maʼlum intervaldagi barcha chastotaga ega boʻlgan tebranishlar ishtirok etsa, u holda spektr tutash spektr deyiladi. Agar Tovush bir-biridan chekli intervallar bilan ajralib turuvchi diskret chastotali tebranishlardan tashkil topgan boʻlsa, spektr chizikli spektr deyiladi. Shovqinlar, mas., daraxtlarning shamolda shitirlashi tutash spektrga, cholgʻu asboblari Tovush lari esa chiziqli spektrga ega boʻladi.

Yuza birligi orqali vaqt birligida Tovush toʻlqini olib oʻtayotgan energiya T. intensivligi deb ataladi. Elastik muhit boʻylab Tovush tarqalganda u tarqalmagan paytdagiga nisbatan ortiqcha bosim hosil boʻladi, uni Tovush bosimi deyiladi. Tovush intensivligi Tovush bosimining amplitudasiga hamda muhit xossasiga va toʻlqin shakliga bogʻliq. Tovush intensivligi Xalqaro birliklar tizimida VtGʻm2 larda oʻlchanadi. Tovush intensivligi va chastotasiga bogʻliq boʻlgan Tovush qattiqligi xarakateristikasi xam mavjud. Odam qulogʻi 1 — 5 kGs chastota sohasida juda sezgir boʻladi. Bu sohada eshitish boʻsagʻasi, yaʼni eng kuchsiz eshitiluvchi Tovush larning intensivligi 10~12 VtGʻm2, unga moye Tovush bosimi 10~5 NGʻm2 kattalikka teng. Odam qulogʻi eshitadigan Tovushning eng yuqori intensivligi 1 VtGʻm2 ga teng. Ultratovush texnikasida bundan ham yuqori (104 kVtGʻm2 gacha) intensivlikka erishilgan. Ultratovushning bu xususiyatidan texnika, biol. va tibbiyotda keng foydalaniladi.

Infratovush (lot. infra — quyi, past, ostida) — inson qulogʻiga eshi-tilmaydigan past chastotali (chastotalari 16 gs dan past boʻlgan) elastik toʻlqinlar. Yer yuzida I. hosil qiluvchi manbalar xilmaxil (mas, chaqmoq chaqishi, togʻlar koʻchishi, oʻrmon va dengizning shov-shuvi, shamol guvullashi va h. k.). I. muhitda juda kam yutiladi, shuning uchun u havo, suv va yer yuzida juda uzoq masofalarga tarqaladi. I. ning bu xususiyatlaridan, mas, atmosferaning yuqori qatlamlarini, yer poʻstini tadqiq qilishda, kuchli portlashning uzoqligini va dengizlarda kuchli toʻlqinlar tarqa-layotgan manba uzokligini aniqlashda foydalaniladi. I. ni oʻlchashda maxsus asboblar — mikrofon, gidrofon, geofon yoki vibrator ishlatiladi.

2.Ultratovush - chastotasi 1520103 Gs dan 10’ Gs gacha boʻlgan elastik tebranishlar va toʻlqinlar. U.ni past chastotali (1,5 104 Gs), oʻrta chastotali (105—107 Gs) va yuqori chastotali (107—10’ Gs) U.ga boʻlish mumkin.

Ultratovush tebranishlarni hosil qilishda maʼlum fizik hodisalarga asoslanib yasalgan U. nurlatkichlari qurilmalaridan foydalaniladi. Mexanik nurlatkichlarda U. tebranishlar gaz yoki suyuqlik oqimining mexanik energiyasi hisobiga sodir boʻladi. Elektromagnit nurlatkichlarning magnitostriksiya va pyezoelektr hodisalariga asoslangan turlari keng tarqalgan.

Ultratovush suv osti kemalarini izlashda, dengiz (okean) chuqurligini aniklashda, texnologik jarayonlarni tezlatishda, qiyin kechadigan baʼzi kimyoviy reaksiyalarni roʻyobga chiqarishda, massa almashinish, kristall oʻstirish, elektroliz kabi jarayonlarni tezlatishda, moddalarning fizik xususiyatlarini oʻrganishda, materiallar sifatini tekshirishda (qarang Defektoskopiya), moddalarga ishlov berishda, diagnostika va davolashda keng qoʻllaniladi.

Infratovush (lot. infra — quyi, past, ostida) — inson qulogʻiga eshi-tilmaydigan past chastotali (chastotalari 16 gs dan past boʻlgan) elastik toʻlqinlar. Yer yuzida I. hosil qiluvchi manbalar xilmaxil (mas, chaqmoq chaqishi, togʻlar koʻchishi, oʻrmon va dengizning shov-shuvi, shamol guvullashi va h. k.). I. muhitda juda kam yutiladi, shuning uchun u havo, suv va yer yuzida juda uzoq masofalarga tarqaladi. I. ning bu xususiyatlaridan, mas, atmosferaning yuqori qatlamlarini, yer poʻstini tadqiq qilishda, kuchli portlashning uzoqligini va dengizlarda kuchli toʻlqinlar tarqa-layotgan manba uzokligini aniqlashda foydalaniladi. I. ni oʻlchashda maxsus asboblar — mikrofon, gidrofon, geofon yoki vibrator ishlatiladi.

3.Shovqin — 1) keng maʼnoda — nutq va musiqani toʻgʻri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Sh. detsibel bilan oʻlchanadi. Mas, nafas olish, barglarning shitirlashi 10, qattiq gapirish 60—70, transportning shovqini 80—100, reaktiv samolyot ovozi 140—175 detsibelga teng va h.k. Qattiq, suyuq, gazsimon muhitlardagi har qanday tebranishlar, turli dvigatel va mexanizmlar Shovqunlarning asosiy manbaidir. Mashinalarning detallarini aniq qilib ishlash, mexanizmlarning tovush chiqarishini pasaytirish, tovushni toʻsadigan, yutadigan va titrashni kamaytiradigan vositalarni qoʻllash yoʻli bilan Sh. kamaytiriladi; 2) texnika va fizikada (tebranma jarayonlar bilan bogʻliq boʻlgan radio, elektronika, radiolokatsiya, radioastronomiya, akustika, tovush yozish, optika va boshqalarda) davriy boʻlmagan tartibsiz tebranishlar. Mas, elektron lampalarda elektr tokining tartibsiz tebranishi, oʻtkazgichlarda elektronlarning issiqlik harakati (issiqlik Shovquni), Yer va yer atmosferasidan, Quyosh, yulduzlar, yulduzlararo muhit va boshqalardan tarqalayotgan issiqlik nurlanishlari (kosmik Sh.lar) natijasida Shovqun hosil boʻladi. shahrining umumiy foydali jihatlari ham bor. Mas, radioastronomiyada chastotaning maʼlum diapazonidagi Shovqun boʻyicha yulduzlar va boshqalar kosmik jismlarning radionurlanishi tekshiriladi, harbiydengiz texnikasida esa suv osti qayiq va kemalari topiladi; 3) gigiyenada — odam organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan va turli kasalliklarga sabab boʻladigan tovushlar. Odam organizmiga uzoq vaqt taʼsir etishi natijasida markaziy asab sistemasi, tomirlar tonusi, hazm yoʻllari aʼzolari, endokrin sistemasi va h.k.ning faoliyati buzilishi, quloq ogʻirligi, karlik paydo boʻlishi mumkin. Shovqun taʼsirida harakatning aniq muvozanati buzilib, mehnat unumdorligi pasayadi. Ortiqcha Sh. odamni ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20—30 detsibel zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Umuman odamga 80 detsibelli Shovqun ruxsat etiladi. Qiymati 130 detsibelga teng Sh. inson quloqlarida ogʻriq paydo qiladi, 150 detsibelga yetganda chidash qiyin boʻladi, 180 denibelda hatto metall chatnab ketadi. 20-asr 70-yillarida shahar koʻchalaridagi Sh. 60—70 detsibelni tashkil qilgan, 21-asr boshida bu koʻrsatkich 100 detsibel va bundan yuqori qiymatga yetdi.

shahrining inson salomatligiga taʼsiri haqida ibtidoiy jamoa davridan maʼlum. Uning taʼsirini kamaytirish uchun, mas, temirchilar, tunukachilar va misgarlarning kechasi ishlashi taqiqlangan. Rim diktatori Yuliy Sezar kechalari shaldirab yuradigan aravalarning shahar koʻchalarida yurishini taqiqlagan. Odam organizmiga shahrining taʼsirini oldini olish uchun hozir ham baʼzi tashkiliy, texnik va tibbiy choratadbirlar koʻriladi. Aholi yashaydigan punktlarda shahriga qarshi kurash choralari: koʻkalamzorlashtirish, koʻcha harakatini tartibga solish, transpo



rtlar signalini man etish, turar joy binolariga tovush oʻtkazmaydigan oynali (mas, plasmassa, alyuminiy) derazalar qoʻyish, lift, nasos, ventilyator kabi uskunalar Shovqunini kamaytirish va h.k. Ishlab chiqarishda shahriga qarshi kurash choralari: Shovqunsiz texnologik jarayonlarni qoʻllash, yangi uskunalarni Shovqun oʻlchovi nazoratidan oʻtkazish, korxona binosini tovushdan izolyatsiya qilish, tovush yutuvchi qurilish materiallari ishlatish va boshqalar Shuningdek, sershovqin sex ishchilari individual himoya vositalari bilan taʼminlanadi. Bunday ishchilar shifokor (terapevt, otolaringolog , nevropatolog) koʻrigidan oʻtkazib turiladi va h.k.

13-1.QXMS-19 Narzullayev Mehriddin
Download 13.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling