Fan: pedagogika nazariyasi va tarixi mavzu: Oʻquvchilarda huquqiy madaniyatni shakillantirishda tarbiyaning oʻrni


Download 12.59 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi12.59 Kb.
#1610306
  1   2
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Eraliyeva F

FAN:PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Mavzu:Oʻquvchilarda huquqiy madaniyatni shakillantirishda tarbiyaning oʻrni


Bajardi: ERALIYEVA FERUZA
Tekshirdi: MARDIYEVA G.Q.
  • Huquqiy madaniyat[1]- jamiaytning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo`lishi. Huquqiy ong
  • Huquqiy madaniyat shartli ravishda jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatiga ajratiladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy ongning huquqiy qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasininaks ettiradigan hamda imsoniyat huquq sohasida yaratgan butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko`riladi. Shaxsning huquqiy huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faoliyat huquq sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi va natijada shaxs jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir bo`ladi.
  • “Huquqiy madaniyat jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi, taraqqiyotning vorislik yo’sini bilan asta-sekin, biri ketidan biri keladigan avlodlar tajribalari va faoliyatining natijasi hisoblanadi.
  • Huquqiy madaniyat ma’naviy-axloqiy va huquqiy boyliklar sifatida qonunga itoatkor turmush tarzini shakllantiruvchi, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy boshqaruvchi va mamlakatda huquqiy tartiblarni o’rnatuvchi huquqiy makonda, normativ aktlarda va huquqiy ongda o’z ifodasini topadi.48
  • Aynan, ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda huquqiy ongdagi nuqsonlar (krizis) ko’p jihatdan huquqiy madaniyatning past darajasi bilan belgilanadi.
  • "Jamiyat, huquqiy bo’lmagan boshqaruvning totalitar usullaridan voz kechib, huquqiy davlat qurish yo’liga qadam qo’yishga intilgan zahotiyoq, oldingi tuzum davrida siyosiy va iqtisodiy erkinliklardan siqilgan kishilar o’zlarining huquq va erkinliklaridan foydalanishning real imkoniyatini sezishlari bilanoq jamiyatda yillar davomida ustunlik qilib kelgan huquqqa va uni baholashga bo’lgan salbiy qarashlar ta’siri ostida shakllangan huquqiy madaniyat darajasining pastligini ko’rsatdilar."49
  • Huquqiy madaniyat harakatdagi qonunshunoslikning asosiy qoidalari ibtidosi haqida ma’lum bir tassavurlarga ega bo’lishni va ulardan foydalanish ko’nikmasini talab etadi.
  • Huquqiy madaniyat ko’p qirrali murakkab hodisa sifatida quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:
  • ma’lum bir huquqiy ong darajasini, ya’ni huquqiy borliqni ongli tarzda his etishni;
  • umumiy madaniyat negizida, tsivilizatsiya darajasini, tarixiy xotira, milliy-madaniy an’ana va urf-odatlarni;
  • aholi tomonidan mavjud qonunlarni bilish va huquq normalarini yuksak darajada hurmat qilishni;
  • yuqori darajadagi qonunlar ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etishni;
  • qonun ishlab chiqish, huquqni himoya qilish, boshqaruv kabi idoralar faoliyatining samarali ishlashini;
  • mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga itoatkorligini..

Huquqiy madaniyatning xususiyatlarini o’rganganda uning nafaqat "gorizontal", shu bilan birga jamiyat – ijtimoiy guruh (millat, mehnat jamoalari, aholi qatlamlari) – shaxs (fuqaro, mansabdor shaxs) tizimini o’z ichiga oluvchi "vertikal" yo’nalishini ham nazarda tutish zarur. Hozir fanda ushbu yo’nalishlarni empirik tadqiq etish yetarli darajada chuqur olib borilmoqda. Huquqiy madaniyatni anglash bir darajadan yoki yo’nalishdan, ikkinchi darajaga yoki yo’nalishga o’tganda o’zgaradi, ya’ni tadqiq etish tepadan pastga qarab tushgani sayin ob’ekt holati aniqlashib, hatto maydalashib boradi; tadqiq etish qanchalik yuqori darajaga qaratilsa, ob’ektning mohiyati va o’rni shunchalik aniqlashadi, biroq bu o’rinda ob’ektdagi individual o’ziga xosliklar, guruhiy farqlar yo’qolib, ular tekislashadi.Agar gap madaniyatning ma’lum bir tashkilot, ijtimoiy, hudud doirasida amal qilishi ustida ketadigan bo’lsa, ushbu makonlardagi guruhiy ong alohida ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga ijtimoiy guruhlar (kasb-kor, yoshlar va boshqalar) ning ham ongi mavjudligini, uning xususiyatlarini nazardan qochirmaslik kerak. Darvoqe, ushbu xususiyatlarni o’rganish ijtimoiy muhitlar madaniyatini rivojlantirishning qulay yo’llarini topishga imkon beradi. Va nihoyat, professional siyosatchilar va boshqaruvchilar ongining holati tamoyili ahamiyatga ega, ammo bu masala alohida o’rganishni taqozo etadi. Huquqiy madaniyatning yuqori qatlamlarini son-sanoq usulida (raqamlar asosida) bayon etish qiyin, ayni paytda bunday usul quyi qatlamni o’rganishda keng ishlatiladi. Ijtimoiy ong uzoq davr muqim, o’zgarmay qolishga moyil, ongning individual shakli esa keskin o’zgarishlarga uchrashi mumkin.
Huquqiy tarbiya, ongning o’ziga xos shakli bo’lgan, huquqiy ong bilan bog’liq. Huquqiy tarbiya ikki xil vazifani bajaradi. Birinchisi– tarbiyalanuvchilarga ma’lum miqdordagi huquqiy bilimlar, ko’nikmalar va malakaning berilishi. Ikkinchisi–tarbiyalanuvchilarda huquqiy g’oyalar, xissiyotlar, e’tiqodni shakllantirish. SHu vazifalardan kelib chikib huquqiy tarbiyada fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish quyidagicha kechadi: birinchidan, asosiy huquqiy qoidalar tizimini bilish, ularning mazmuni va mohiyatini tug’ri tushunish; ikkinchidan, huquq, qonunlar, qonuniylik va huquqiy tartibotni chuqur hurmat qilish; uchinchidan, huquqiy bilimlarni amalda mustaqil qo’llay olish; to’rtinchidan, o’z odatlarini olingan huquqiy bilimlar bilan moslashtirish; beshinchidan, huquqiy normalarning xar qanday buzishlariga nisbatan qat’iy murosasizlik ko’nikmasini hosil qilish.
Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali amalga oshadi. SHu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruhlar) huquqiy ongining shakllanishi ro’y beradi. Huquqiy tarbiya jarayonida kishilarning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo’lishiga erishish maqsad qilib qo’yiladi. Ularning shaxsiy e’tiqodi dan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo’lgan xurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o’zagini tashkil etadi.
Huquqiy madaniyatning muhim elementi sifatida huquqning ichki va vositaviy ahamiyati uning umumiy ijtimoiy (iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va boshqalar) va maxsus huquqiy (tartibga solish, himoya qilish, profilaktika, kompensatsiya va boshqalar) funktsiyalarida namoyon bo'lsa, huquq. nazorat qilish va tartibga solishning eng muhim vositasidir jamoat bilan aloqa, ijtimoiy taraqqiyotga erishish, keyin noto'g'ri turli xil disfunktsiyalarda namoyon bo'ladi, ijtimoiy jihatdan salbiy - huquqiy oqibatlar uning madaniy makon doirasidan «chiqib ketadigan» va huquqiy qadriyatlar majmuasiga kirmaydigan ta'sirlari.
B. Jamiyat huquqiy tizimining tegishli konstruktiv va buzg‘unchi parametrlarni aks ettiruvchi ikkinchi muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. yuridik amaliyot(qonun ijodkorligi, sharhlovchi, huquqni amalga oshiruvchi, qonunni tizimlashtirish, ularning ba'zi turlari va kichik turlar), ma'lum doirasida amalga oshiriladi huquqiy aloqalar va huquqiy munosabatlar(batafsil ma'lumot uchun qarang) SAJ huquqiy faoliyatning buzg'unchi jihatlarida ham, salbiy ijtimoiy va huquqiy tajribada ham o'zini namoyon qiladi.

Download 12.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling