Marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari


Download 18.9 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi18.9 Kb.
#1306886
Bog'liq
2-Амалий дарс


MARKETING FUNKSIYALARI, VAZIFALARI VA TAMOYILLARI



  1. Marketingni asosiy tamoyillari.

Marketing tamoyillari uning g‘oyaviy yo‘nalishini va korxonaning boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda marketingning asosiy, birlamchi tamoyili muayyan iste’molchilarning muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila olishiga bog‘liq. Bu yondashuv o‘z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi:
- iste’molchiga yo‘naltirilganlik;
- talabni prognozlash va shakllantirish;
- qarorlarning kompleksliligi va ko‘p variantliligi;
- qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg‘u berish va holatlarni boshqarish;
- istiqbolga yo‘naltirilganlik;
- dasturlimaqsadli yondashuv.
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to‘plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil - to‘liq iste’molchiga yo‘naltirilish - albatta mavjud bo‘ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo‘lishi va shakllanishini belgilab beradi.
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo‘ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
 iste’molchilarga nima kerak bo‘lsa o‘shani ishlab chiqarish kerak;
 bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;
 tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so‘ng tashkil etish kerak;
 firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga konsentrlashganini kuchaytirish;
 marketing konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
 tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo‘g‘inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o‘zida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo‘llash;
 korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo‘ljal olish;
 tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;
 tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;
 talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo koorrdinatsiyalash va o‘zaro ta’sirini ushlab turish;
 tovar bozori yoki firma imiji (obro‘yi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o‘tkazishdan iborat.



  1. Marketing funksiyalari va faoliyati mazmuni.

Marketing funksiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar siyosati, narxning hosil bo‘lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon bo‘ladi. Bunda quyidagi savollarni yechish birinchi galgi vazifa hisoblanadi:
Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha potensial imkoniyatlari hisobga olinadi.
Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari o‘rganiladi.
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi (assortiment, narx, o‘rash, sotish, reklama va hokazo).
Marketingning umumiy funksiyasini to‘rtta yo‘nalishga bo‘lish mumkin: analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat.
Analitik funksiya bozorni, iste’molchilarni, firma va tovar strukturasini o‘rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish funksiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta’minotini tashkil qilish va tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo‘naltirilishini ta’minlaydi.
Sotish funksiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, TASHSOR tizimi, maqsadli tovar va narx siyosatini olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qiladi.
Boshqarish va nazorat funksiyasi strategik va operativ rejalashtirish, marketingni boshqarishning axborot ta’minoti, korxonada kommunikatsiyalar tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Download 18.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling