Xizmatining ofitserlar tarkibiga kirish istagini


Download 133.5 Kb.
bet1/12
Sana03.02.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1150162
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-70 huquqshunoslik(1)


HUQUQSHUNOSLIK” FANI BO‘YICHA ICHKI ISHLAR ORGANLARI
XIZMATINING OFITSERLAR TARKIBIGA KIRISH ISTAGINI
BILDIRGAN NOMZODLARGA BERILISHI MUMKIN BO‘LGAN
SAVOLLAR RO‘YXATI
1. Insonga Konstitutsiya nima uchun kerak?
Javob: Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi
g‘oyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir
2. Konstitutsiyani nima uchun asosiy qonun deb ataydilar?
Javob: Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi. Ana shu qonunlar majmuyi orqali jahon davlatni davlat, millatni esa millat sifatida tan oladi. Konstitutsiya – xalq tafakkuri va ijodining mahsulidir. (Islom KARIMOV)
3. Konstitutsiyaviy huquq nima?
Javob: Konstitutsiyaviy huquq huquqning mustaqil tarmog‘i sifatida mamlakatning konstitutsiyaviy tuzilish asoslarini, jamiyat tuzilishini, davlat
hokimiyati va boshqaruv tuzilishini, davlat organlari vakolatlarini, shu davlat hududida yashab turgan fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini belgilovchi yuridik me’yorlardan iborat. Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimida huquqning yetakchi tarmog‘idir, chunki eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Konstitutsiya
uning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
4. Konstitutsiyaviy huquqning Konstitutsiyadan farqi nimada?
Javob: Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o‘rtasidagi farq shundaki,
Konstitutsiya konstitutsiyaviy huquq tarmog‘ining, o‘quv fani sifatida
konstitutsiyani o‘rganish predmetining asosiy negizi hisoblanadi, ya’ni
konstitutsiyaviy huquq – bu huquq tarmog‘i, Konstitutsiya esa – shu
tarmoqning manbayi.
5. Huquqning boshqa tarmoqlari bilan konstitutsiyaviy huquqning o‘zaro
bog‘liqligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
Javob: huquqning rivojlanishi Konstitutsiyadan
boshlanadi, aynan uning o‘zi boshqa barcha qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarga hayot baxsh etadi. Kons titutsiyaning oliy yuridik kuchi ham mana shunda namoyon bo‘ladi. Qolgan barcha huquqiy qoidalar undan kelib chiqadi va unga muvofiq bo‘lishi kerak.Huquq tizimini piramida ko‘ri ni shida tasavvur qilib ko‘ring. Konstitutsiya shu piramidaning cho‘qqisida turadi, desak, uning cho‘qqisidan
eng quyi qismigacha bo‘lgan yonbag‘irlarida boshqa barcha normativ hujjatlar – qonunlar, kodekslar, qarorlar, farmonlar, tarmoqqa oid normativlar va hokazolar joy olgan li gini yaqqol ko‘rasiz. Konstitutsiyaviy huquq normalari qolgan barcha yuridik normalar, huquq ning har bir tarmog‘i, har qaysi qonun va qonunosti hujjatining poydevori sanaladi. Ana shuning uchun ham konstitutsiyaviy huquq har bir mamlakat milliy huquq tizimida yetakchi mavqega ega.

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling