Xizmatining ofitserlar tarkibiga kirish istagini


O‘zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida qanday elementlarga ega? Javob


Download 133.5 Kb.
bet4/12
Sana03.02.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1150162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-70 huquqshunoslik(1)

18. O‘zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida qanday elementlarga ega?
Javob: – o‘z konstitutsiyaviy-huquqiy tizimi;
– davlat hududi va uning chegaralari;
– oliy hokimiyat organlari tizimi;
yagona Qurolli Kuchlar;
– davlat mulki, yagona pul-kredit tizimi;
– davlat ramzlari;
– xalqaro munosabatlar subyekti ekanligi
19. Xalq hokimiyatchiligi atamasini tariflang?
Javob: “Xalq hokimiyatchiligi” atamasi grekcha “demokratiya” (demos – xalq, kratos – hokimiyat) so‘zining aynan tarjimasidir. Bu tushuncha ilk marotaba Qadimgi Gretsiyada vujudga kelib, butun jahonga keng tarqaldi.
20. Demokratiya – bu....?
Javob: Demokratiya – bu:
– saylanadigan hokimiyat organlarida ishtirok etish;
– fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishi;
– hammaning va har kimning qonun oldida tengligi;
jamiyat va inson xavfsizligi;
– fuqarolar huquq va erkinliklarining to‘la-to‘kisligi;
– inson farovonligi va manfaatlari xususida davlat g‘amxo‘rligi;
– inson huquq va erkinliklari muhofazasining kafolatlangan mexanizmi mavjudligi.
21. Demokratiyaning qanday shakllari mavjud va ularni sharxlang?
Javob: O‘z tarixi davomida insoniyat demokratiyaning ikki shaklini yaratgan:
bevosita, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri demokratiya. Bunda xalq davlat
ishlarini vakillarsiz o‘zi hal qiladi (ovoz berish, umumxalq muhokamasi,
fuqarolar murojaati orqali);
bilvosita, ya’ni vakillik demokratiyasi. Unda xalq suveren huquqlaridan foydalanib o‘zlari saylab qo‘ygan vakillari (deputatlar va senatorlar)
orqali davlat ishlarini amalga oshiradi.
22. Referendum deganda nimani tushunasiz?
Javob: Davlat miqyosidagi muammolarni hal etishda xalqning bevosita ishtiroki referendumda(Umumiy ovozda), ya’ni mamlakat siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan o‘tkaziladigan umumxalq muhokamasida va bevosita ovoz berishda qatnashishi orqali namoyon bo‘ladi. Xalq nomidan faqat ular saylagan Prezident, Oliy Majlis deputatlari va senatorlar ish ko‘rishi mumkin

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling