Xizmatining ofitserlar tarkibiga kirish istagini


Ombudsmanning vazifalariga quyidagilar kiradi


Download 133.5 Kb.
bet12/12
Sana03.02.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1150162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-70 huquqshunoslik(1)

Ombudsmanning vazifalariga quyidagilar kiradi:
– mamlakatda inson huquqlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar holatini o‘rganish;
– inson huquqlari buzilishi sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish;
– insonning buzilgan huquqlarini tiklash uchun aniq chora-tadbirlar ko‘rish.
Ombudsman huzurida konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarga rioya etilishi bo‘yicha komissiya tuzilgan. U fuqarolar va tashkilotlardan o‘z nomiga kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi.
O‘z qonuniy huquqlari buzilganligi haqida shikoyat bilan har bir kishi (respublika fuqarosi, ajnabiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) Ombudsmanga faqat himoyaning boshqa barcha vositalaridan (sudga,
prokura turaga va boshqalarga murojaat qilishdan) foydalangandan keyingina murojaat qilishi mumkin. Fakt tasdiqlangan taqdirda Ombudsman huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan tashkilotga o‘z xulosasi bilan murojaat qiladi. Ombudsman xulosasi tavsiyaviy xarakterga ega. Xulosa e’tiborga olinmasa, Ombudsman o‘zi ning yillik ma’ruzasida bu haqda Oliy Majlis deputatlari va senatorlariga ma’lum qiladi.
68. Inson huquqlari bo‘yicha Vakillik instituti – Ombudsmanning inson
huquqlari bo‘yicha huquqlarini aytib bering?
Javob:67.
69. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning asosiy vazifalarini aytib
bering?
Javob: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 1996-yil 31-oktabrda ijroiya hokimiyati tizimi tarkibida tashkil qilingan. U mamlakatda huquqni himoya qilish faoliyatini tashkil etuvchi davlat tashkiloti hisoblanadi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining vazifalari:
– inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
– bu sohadagi ishlar milliy dasturini ishlab chiqish;
– inson huquqlarini himoya qilishning suddan tashqari tizimini tashkil etishga ko‘mak berish;
– inson huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tavsiyalar bilan murojaat qilish;
– inson huquqlari buzilishlari to‘g‘risidagi shaxsiy shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish.
Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling