Xizmatining ofitserlar tarkibiga kirish istagini


Huquq deganda nimani tushunasiz? Javob


Download 133.5 Kb.
bet2/12
Sana03.02.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1150162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-70 huquqshunoslik(1)

6. Huquq deganda nimani tushunasiz?
Javob: Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan va u tomonidan himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarining tizimi.
7. Huquqiy tartibot tushunchasiga tarif bering?
Javob: Huquqiy tartibot – bu jamiyatdagi munosabatlarning ma’lum bir holati bo‘lib, unga davlatning huquqiy me’yorlarida mavjud bo‘lgan barcha qonun-qoidalarga majburiy ravishda rioya qilinishi natijasida erishiladi.
8. O‘zbekiston Respublikasining huquq tarmoqlarini sanab bering va ulardan birini sharhlang?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquq manbalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
6. Vazirliklar, davlat qo‘mitalalari va idoralarining buyruqlari va qarorlari.
7. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari
9. Konstitutsiyaviy huquq normalarini qaysi manbalardan topish mumkin?

10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish tartibini
tushuntiring?
Javob: VI bo‘lim. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi
(127–128-moddalar)
11. Mahalliy hokimiyat organlarining buyruq va qarorlarida mamlakat
Konstitutsiyasiga muvofiq bo‘lmagan qoidalar bo‘lishi mumkinmi?
Javob: Yo’q
12. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi to‘g‘risida
gapirib bering?
Javob: Konstitutsiyani qabul qilish zaruriyati quyidagi
sabab lardan kelib chiqqan edi:
– Konstitutsiya milliy davlatni tashkil etishning yuridik asosi bo‘lishi
kerak, mustaqil davlatning esa o‘z Konstitutsiyasi bo‘lishi;
– Konstitutsiya xalqning inson huquqlari va demokratik munosabatlarni
e’lon qilishga intilishlarini qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yishi;
– Konstitutsiya inson va fuqarolarning jamiyat va davlatdagi asosiy huquqlari va burchlarini qonun yo‘li bilan mustahkamlashi;
– Konstitutsiya mamlakatdagi yangi bozor munosabatlarini qonun yo‘li
bilan mustahkamlab qo‘yishi;
– Konstitutsiya shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlar xarakterini, shu ningdek, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab berishi
zarur edi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990-yil 24-martda bo‘lib o‘tgan XII chaqiriq birinchi sessiyasida yangi Konstitutsiyani ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqildi. Oliy Sovetning 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti Islom Karimov raisligida Konstitutsiya
komissiyasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi olim, jamoat namoyandalari va davlat boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan puxta ishlab chiqildi. Uni yaratish uchun uchta komissiya tuzilib, ular birbiridan mustaqil ravishda Asosiy qonun loyihalarining o‘z variantlarini tayyorladilar. Har bir loyiha muhokamasidan keyin eng optimal varianti tanlab olindi. Bu variant boshqa variantlardagi ma’qul qismlari bilan to‘ldirildi. Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Muhokama jarayonida loyihaga 80 dan ortiq tuzatishlar kiritildi. Bunday muhokama natijasida Konstitutsiya muntazam tuzatishlar kiritaverishga hojat bo‘lmaydigan mukammal hujjat holatiga keldi.
Keng umumxalq muhokamasi davomida bildirilgan ko‘p takli fl ar inobatga olingan holda komissiya tomonidan tay yorlangan Konstitutsiya loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo‘yildi. 1992-yilda Oliy Kengashning XI sessiyasida bu loyiha ma’qullandi va O‘zbekiston Respub likasining hozir amal qilayotgan Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga
kiri tildi, 8-dekabr – O‘zbe kiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling