Xizmatining ofitserlar tarkibiga kirish istagini


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan siyosiy huquqlarini aytib bering? Javob: Siyosiy huquqlar


Download 133.5 Kb.
bet7/12
Sana03.02.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1150162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-70 huquqshunoslik(1)

35. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan siyosiy
huquqlarini aytib bering?
Javob: Siyosiy huquqlar (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32– 35-moddalari):
– jamoat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;
– faolligini O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq mitinglar, tinchlik yig‘ilishlari va namoyishlarida namoyish etish huquqi; – davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi;
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik birlashmalariga birlashish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi;
davlat organlari, muassasalari yoki xalq vakilligiga arizalar, shikoyatlar va takli fl ar bilan murojaat qilish huquqi.
36. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan iqtisodiy va
ijtimoiy huquqlarini aytib bering?
Javob: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36–42-moddalari):
– xususiy mulkdor bo‘lish huquqi;
– mehnat qilish sharoitiga ega bo‘lish va ishsizlikdan himoyalanganlik huquqi, faoliyat va kasb tanlash erkinligi;
– yoshiga ko‘ra (pensiya), mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish huquqi; – qonun bilan taqiqlanmagan iqtisodiy faoliyat huquqi;
– to‘lanadigan dam olish huquqi;
– onalik va bolalik muhofazasidan foydalanish huquqi;
– malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqi
37. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan moliyaviy
huquqlarini aytib bering?
Javob:
38. Huquqda erkinlik deganda nima tushuniladi?
Javob:
39. Gender tengligi tushunchasini tariflab bering hamda bu borada yurtimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Javob: Gender tengligi – bu erkak va ayollar, qiz va o‘g‘il bolalar uchun huquq, mas’uliyat, imkoniyat, qadriyat va natijalar tengligi.
40. «SHaxsiy hayot» deyilganda nima tushuniladi?
Javob: Shaxsiy hayot deyilganda istisno tariqasida ayni shu kishiga taalluqli hamda qonunga xilof ravishda oshkora etilgan taqdirda insonga ma’naviy ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, telegraf vositasidagi va boshqa xil bildirishlar, tibbiyot tavsifi dagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar tushuniladi.
41. Turar joy daxlsizligi huquqi deganda nimani tushunasiz?
Javob: Turarjoy daxlsizligi huquqi – inson uchun muhim va u ko‘plab xalqaro huquqiy aktlarda mustahkamlangan. 1948-yildagi Inson hu quq lari umumdeklaratsiyasining 12-moddasiga muvofiq “hech kimning turarjoy daxlsizligiga o‘zboshimchalik bilan aralashishi mumkin emas”.

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling