Aytilishi va yozilishi bir xil bo'lgan, turli xil atash ma'nolarini bildirgan
so'zlarga shakldosh so'zlar deyiladi.
1) Chang-toʻzon mashina oynasiga urilib, yoʻlni koʻrsatmay qoʻyar edi.
2) Bastakor changda qandaydir kuy chalar edi.
Ushbu gaplarda ajratib koʻrsatilgan soʻzlar garchi bir xil aytilsa va yozilsa ham, boshqa-
boshqa ma’nolarni ifodalaydi. Ya’ni birinchi gapdagi chang soʻzi gard-gʻubor ma’nosini,
ikkinchi gapdagi chang soʻzi esa cholgʻu asbobi ma’nosini bildiradi. Ana shunday shakli
(aytilishi va yozilishi) aynan bir xil, ma’nosi esa har xil boʻlgan soʻzlar shakldosh soʻzlar
hisoblanadi.
Shakldosh so'zlar bir qarashda ko'p ma'noli so'zlarga o'xshab ketadi. Ularni bir-
biridan farqlash kerak. Koʻp ma'noli so'zlar bir so'zni o'z va kochma ma'nolarida
qo’lishidan hosil bo'ladi. Shakldosh so’zlar esa shakli o’xshash ikki va undan ortiq
so’zlardir. Ko'p ma'noli so'zning ma'nolari o’rtasida bog'liqlik, umumiylik bo'ladi.
Shakldosh so’zlarning ma’nolari o’rtasida esa hech qanday bog’liqlik, umumiylik
bo’lmaydi.
Masalan, tut I – tutmoq ( fe’l ), tut II – daraxt ( ot ) so’zlari boshqa-boshqa ikkita
so’zlar.
Ularning alohida-alohida soʻz ekanligiga sabab esa har biri boshqa-boshqa ma’nolarni
ifodalashidir. Chunki har bir alohida soʻzning oʻz ayrim ma’nosi boʻladi. Ya’ni shakldosh
soʻzlarning ma’nolari oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik, bir-biriga aloqadorlik boʻlmaydi.
• Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini aynan shakldosh so'zlar tashkil etadi.
Izohli lug'atlarda ko'p ma'noli so’zning ma'nolari arab raqamlari bilan, shakldosh so'zlar esa
rim raqamlari bilan beriladi.
Koʻp ma’noli soʻzlar esa bitta soʻzning bir nechta ma’nolarda (oʻz va koʻchma
ma’nolarda) bo’lishidir. Bunda soʻz bitta, ma’nolar esa bir nechta boʻladi, ammo bu
ma’nolar bir-biri bilan uzviy bogʻliq, umumiy boʻladi. Masalan, insonning boshi –
Do'stlaringiz bilan baham: |