Aytilishi va yozilishi bir XIL bo'lgan, turli XIL atash ma'nolarini bildirgan so'zlarga shakldosh so'zlar deyiladi


tirjaymoq, gah-qah urmoq, xanda otmoq, hiringlamoq


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1148932
1   2   3   4   5
Bog'liq
Leksikologiya

tirjaymoq, gah-qah urmoq, xanda otmoq, hiringlamoq ma'nodoshlik qatoridagi kulmoq
so'zi boshqalariga nisbatan nutqda koʻproq qo'llaniladi va uning ma'nosi barchaga tushunarli 
bo'ladi. Shunga koʻra, bu soʻz bosh soʻz sanaladi.
Ma'nodosh so'zlarda ijobiy va salbiy ma'nolarni amalga oshirish mumkin.  Kulmoq, 
jilmaymoq, qah-qah urmoq, xanda otmoq so’zlarida ijobiy ma'no kuzatiladi, hiringlamoq, 
iljaymoq, tirjaymoq so’zlarida salbiy ma`no mavjud. Ammo bosh so'zda bunday ma'nolar 
bo'lmaydi. 
Ma'nodosh so'zlar bir-biridan aniqlangan uslubga xosligi va emotsional-ekspressiv 
bo’yog’iga koʻra farqlanadi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, 
uzor, ruxsor ma'nodoshlik qatorida yuz so'zi biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, 
bashara, turq so'zlarida esa salbiy bo’yoq darajalangan holda o'z ifodasini topgan, ko’proq
soʻzlashuv uslubida ishlatiladi; chehra, jamol so’zlarida ijobiy bo’yoq mavjud bo'lib, ular, 
asosan, badiiy uslubga xoslangan; oraz, uzor, ruxsor so'zlari esa eskirgan va kitobiy uslub 
doirasida qo’llanadi.



Ma’nodosh soʻzlar ma’nosining kuchli/kuchsizligiga koʻra farqlanadi va ana shu asosda 
turli nutqiy vaziyatda ma’lum bittasigina qoʻllaniladi. Masalan, nam, hoʻl, shalabbo soʻzlari 
ivigan degan umumiy ma’noni bildirsa-da, ular ivish darajasining kuchli/kuchsizligi 
jihatidan bir-biridan farq qiladi. Buni ma’noning kuchayishi tartibida quyidagicha koʻrsatish 
mumkin: nam → hoʻl → shalabbo. Ya’ni namga qaraganda hoʻlda, hoʻlga qaraganda 
shalabboda ivish darajasi kuchayib boradi. 
Ma’nodoshlik hodisasi faqat bir turkum doirasida uchraydi.  
Ya’ni sifat bilan sifat, ot bilan ot ma’nodosh boʻla oladi. Shuning uchun ma’nodosh 
soʻzlarni belgilashda, avvalo, ularning turkumi bir xil ekanligiga e’tibor qaratish lozim. 
Masalan, chiroyli, suluv, koʻrkam soʻzlari oʻzaro ma’nodosh hisoblanadi. Chunki ularning 
barchasi bir xil ma’noni – goʻzal ma’nosini bildirsa, ikkinchi tomondan turkumi ham bir 
xildir: uchalasi ham sifat turkumiga mansub. Ammo husn bilan koʻrkam, chiroy bilan suluv
soʻzlari oʻzaro ma’nodosh boʻla olmaydi. Garchi bir qarashda ularning ma’nosi bir-biriga 
yaqin boʻlsa-da, turkumi boshqa-boshqadir: husn ot turkumiga, koʻrkam sifat turkumiga 
mansub. Shu kabi chiroy ham ot, suluv esa sifat turkumiga mansubdir. 
Talaffuzi va yozilishi bir-narsaga juda yaqin, lekin ma'nolari bir- biridan farq 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling