yoqdan kabi.
Zid ma’nolilik hodisasi ham faqat bir turkum doirasida uchraydi.
Shuning uchun zid ma’noli soʻzlarni belgilashda, avvalo, ularning turkumi bir xil
ekanligiga e’tibor qaratish lozim. Masalan, baland va past soʻzlari oʻzaro zid ma’noli soʻzlar
hisoblanadi. Chunki ularning ham ma’nosi zid, ham turkumi bir xil: ikkalasi ham sifat
turkumiga mansub. Ammo balandlik va past soʻzlari zid ma’noli boʻla olmaydi. Negaki
ularning turkumi boshqa-boshqa: balandlik – ot, past – sifat.
Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub boʻlgan soʻzlar uyadosh soʻzlar deyiladi.
Tilimizdagi barcha soʻzlar ongimizda ma’lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda
saqlanadi. Bu esa soʻzlarning xotirada oson saqlanishi va nutqiy jarayonda ulardan
qiynalmasdan foydalanish imkonini beradi.
Misol:
1) Meva guruhiga kiruvchi soʻzlar: olma, anor, shaftoli, nok, gilos…
2) Uy-roʻzgʻor buyumlari guruhiga kiruvchi soʻzlar: choynak, piyola, kosa, qozon,
likopcha…
3) Uy hayvonlari uyasiga kiruvchi so’zlar: it, mushuk, ot, sigir, qoʻy …
Do'stlaringiz bilan baham: |