Aytilishi va yozilishi bir XIL bo'lgan, turli XIL atash ma'nolarini bildirgan so'zlarga shakldosh so'zlar deyiladi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana03.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1148932
1   2   3   4   5
Bog'liq
Leksikologiya

koʻchaning boshi. Bu ikki birikma tarkibidagi bosh soʻzlari bitta soʻz boʻlib, ikki xil 
ma’noda, ya’ni birinchisida insonning asosiy, boshlangʻich tana a’zosi, ikkinchisida esa 
koʻchaning boshlangʻich joyi ma’nosida qoʻllangan. Bu ma’nolar esa bir-biri bilan uzviy 
bogʻliq. 
Masalan, bosh so'zining turli xil ma'nolari:
Bosh - Tananing balandligidan yuqori qismi. ( o’z ma’nosida)
Bosh - Eng muhim, asosiy: bosh maqola, bosh masala. ( ko’chma ma’noda)
Bosh - Eng avval, birinchi: bosh bola, bosh kelin. ( ko’chma ma’noda )
Bosh - Odam, kishi: Oilada o’n bosh edi. ( ko’chma ma’noda ) 
Shakldosh so'zlarga misollar:



Kul I – ot / biror narsaning yonishidan qolgan kukun.
Kul II – fe’l / kulmoq, zavq-shavqini, xursandligini ifodalovchi tovush chiqarmoq.
Uch I – ot / biror narsaning boshlanish yoki tugash qismi: pichoqning uchi.
Uch II – son / miqdor.
Uch III – fe’l / havo boʻylab harakatlanmoq, parvoz qilmoq.
Yoz I – ot / fasl nomi.
Yoz II – fe’l / yozmoq, bitmoq.
Yoz III – fe’l / oʻrogʻliq, taxlogʻliq narsani ochib solmoq.
Bir umumiy ma'noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so'zlarga ma'nodosh 
so'zlar deyiladi.
Ma'nodosh soʻzlar bir ma'noni xilma-xil so'zlar orqali turli xil nozik ma'no qirralari bilan 
ifodalashda, so'z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta'sirchanligini ta’minlashda 
katta ahamiyatga ega.
Ma'nodosh so'zlar bir umumiy ma'noni ifodalasa ham, shu umumiy ma'noni qanday 
ifodalash nuqtasini nazaridan bir-biridan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, 
baqirmoq, bo'kirmoq so'zlari so'zlash umumiy ma'nosi bilan bir xil bo'lasa ham, ular 
ovozining baland-pastligiga qarab farq qiladi. Shuningdekto'ng’illamoq, ming'irlamoq, 
vaysamoq, javramoq so'zlari ham so'zlash umumiy ma'nosiga qarab yuqoridagi so'zlari bilan 
birlashadi, lekin ulardan salbiy bo'lgan bahoga egaligi bilan farq qiladi. Koʻryapsizki, bir 
ma'noni o’zingizning maqsadingizga qarab bir necha so'zlardan bittasini tanlash orgali 
ifodalash mumkin. 
Ma'nodosh so'zlarning bir qatorga tizilib kelishiga ma'nodoshlik qatori (sinonimik qator)
deyiladi. Boshqalarga e'tiborni qaratgan nutqda keng qo'llaniladigan va ma'nosi barchaga 
tushunarli bo'lgan so'z bosh so'z deb yuritiladi. Masalan, kulmoq, jilmaymoq. iljaymoq, 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling