1. Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati qanday amalga oshiriladi?


Ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun kreditorni javobgarlikdan ozod qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?


Download 28.83 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi28.83 Kb.
#1551429
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik

12. Ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun kreditorni javobgarlikdan ozod qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob: Agar kreditor ijroning kechiktirib yuborilishi qonunga muvofiq yoki kreditorning topshirig‘i bilan ijroni qabul qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar qasddan ish tutganligi yoki ehtiyotsizligi tufayli kelib chiqqanligini isbotlasa, u ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
13. Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun qarzdorning javobgarligi asoslari qanday oqibatga olib keladi?
Javob: qonunchilik yoki shartnomada bevosita ijrochi bo‘lgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi.
14. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari?
Javob: Qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.
15. Majburiyatlarning bekor bo‘lish asoslari?
Javob: Majburiyat Fuqarolik kodeksida, boshqa qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra to‘liq yoki qisman bekor bo‘ladi. Majburiyatni taraflardan birining talabi bilan bekor qilishga qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi
16. Majburiyatning bajarilishi bilan bekor bo‘lishi qanday?
Javob: Majburiyat, qoida tariqasida, uning lozim darajada bajarilishi bilan bekor bo‘ladi.
17. Hisobga o‘tkazish bilan majburiyatning bekor bo‘lishi asoslari qanday amalga oshiriladi?
Javob: Muddati to‘lgan yoki muddati ko‘rsatilmagan yoxud talab qilish payti bilan belgilangan muqobil o‘xshash talab hisobga o‘tkazilishi bilan majburiyat to‘liq yoki qisman bekor bo‘ladi.

Download 28.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling