2- laboratoriya ishi. Yarim avtomatik blokirovkada poezdlar harakati


Download 24.14 Kb.
bet1/6
Sana08.04.2023
Hajmi24.14 Kb.
#1342743
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-laboratoriya


2- laboratoriya ishi.
YARIM AVTOMATIK BLOKIROVKADA
POEZDLAR HARAKATI
POEZDLARNI QABUL QILISH VA JO’NATISH
75. TFQ 260-bandiga muvofiq, yarim avtomatik blokirovkada:
poezdning peregonni egallashiga ruxsat bo’lib, chiqish va o’tish svetoforlarining
ruxsat beruvchi ko’rsatkichlari xizmat qiladi;
bir yo’lli uchastkalarda chiqish svetoforini ochish uchun poezd jo’natilayotgan
qo’shni stansiya navbatchisidan blok-apparat orqali blokirovka rozilik signali olinishi
kerak yoki blok-tizimni tegishli harakat yo’nalishiga o’zgartirish kerak.
Poezdni qabul qilishdan avval stansiya navbatchisi qabul qilish marshrutini ilgaridan
tayyorlab qo’yadi va kirish svetoforini (semaforini) ochadi yoki uni ochish to’g’risida ijro
postiga farmoyish beradi.
Kelayotgan poezd kirish svetoforini o’tgandan so’ng, u avtomatik tarzda yopiladi. yo’l
va strelkalari elektr izolyatsiyalanmagan stansiyalarda poezd kirish svetoforidan o’tgandan
so’ng stansiya navbatchisi (markazlashtirish posti operatori) signal-knopka (dastak)ni
signalning yopiq bo’lgandagi holatiga keltiradi.
Poezd stansiyaga to’liq tarkibda kelganiga ishonch hosil qilib, stansiya navbatchisi
jo’natish stansiyasiga kelishning blokirovka signalini beradi, telefon orqali esa, poezd kelgan
vaqt xaqida xabar yetkazadi. Agar poezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlangan bo’lsa,
kelish xaqidagi xabarni va kelishning blokirovka signalini stansiya navbatchisi suruvchini
yetib kelganiga ishonch hosil qilgandan so’ng, jo’natish stansiyasiga uzatadi.
76. Poezd peregondan to’liq tarkibda kelganiga ishonch hosil qilmasdan turib, stansiya
navbatchisiga poezd jo’natilgan stansiyaga poezdni yetib kelganligi xaqidagi xabar va yetib
kelish blokirovka signalini uzatish taqiqlanadi.
Poezd stansiyaga to’liq tarkibda yetib kelganligiga stansiya navbatchisi shaxsan yoki
strelkali post navbatchisining axboroti, strelkali post navbatchilari bo’lmagan strelkalari
markazlashtirilgan stansiyalarda esa faoliyati poezdlar harakati bilan bog’liq stansiyaning
boshqa xodimlari yoki pereezdlar navbatchilarining axboroti bo’yicha, DATK tashishlarni
tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilangan va stansiyaning texnikaviyboshqaruv aktida ko’rsatilgan tartibda poezdning so’nggi vagonida poezd signali
mavjudligiga ishonch hosil qiladi.
Poezd stansiyaga to’liq tarkibda yetib kelganligini avtomatik nazorat qilish qurilmalari
mavjud bo’lsa, stansiya navbatchisi poezd kelganidan so’ng peregonning bo’shligiga nazorat
asboblari ko’rsatmalariga asosan ishonch hosil qiladi.
Agar stansiyaga kelayotgan yuk poezdi o’z-o’zidan tormozlash va tormoz magistrali
uzilish signalizatsiyasining ishlab ketishi natijasida peregonda kutilmagan to’xtashi ro’y
bergan bo’lsa, lokomotiv mashinisti TFQ ning 250-bandida ko’zda tutilgan talablarga rioya
etish bilan birga, ushbu to’xtash xaqida stansiya navbatchisiga radio aloqa orqali xabar qilishi,
bunday xabarni peregondan uzatishning iloji bo’lmagan taqdirda ushbu xabarni stansiya
navbatchisiga shaxsan yetkazish uchun stansiyada to’xtashi lozim. Bunday holatlarda
poezdning tila tarkibda harakatlanishini nazorat qilish stansiya xodimlari singari, lokomotiv
brigadasiga ham yuklatiladi.
77. Poezd stansiyaga qabul qilingandan so’ng kelishni nazorat qiluvchi qurilmalar
ishlab ketmasa, poezdni to’liq tarzda yetib kelganligiga ishonch hosil qilgan stansiya
navbatchisi bu xaqda poezd dispetcheriga xabar qiladi. Peregonni chegaralovchi
stansiyalarning navbatchilari bilan so’zlashuv orqali uning bo’shligiga ishonch hosil qilgan
poezd dispetcheri, ikkala stansiyaga ham bir paytda kelish blok-signalini berishga ruxsat
etadi, shundan so’ng stansiya navbatchisi yordamchi knopkani bosish, elektrmexanik
blokirovkada esa, pedal-zamichkasini sun'iy ishlatib yuborish yo’li bilan ushbu amalni
bajaradi.
Ruxsat quyidagi shaklda beriladi:

Download 24.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling