2- laboratoriya ishi. Yarim avtomatik blokirovkada poezdlar harakati
"______stansiya navbatchisiga №____poezd uchun stansiyaga kelishning
Download 24.14 Kb.
|
2-laboratoriya
"______stansiya navbatchisiga №____poezd uchun stansiyaga kelishning
blokirovka signalini yordamchi knopkani bosish (pedal-zamichkasini sun'iy ishlatib yuborish) usuli bilan berishga ruxsat beraman. DNS___". Poezd stansiyaga kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida qabul qilinganda ham xuddi shu tartibga rioya etilishi kerak. Kelish yordamchi knopkasi yoki pedal-zamichkadan plomba uzilganligi xaqida stansiya navbatchisi ko’rik jurnaliga yozuv kiritadi. Agar yo’l blokirovka qurilmalarini boshqarish apparati kelish yordamchi knopkalari bosilganini va pedal-zamichkalar ishlab ketganini qayd etuvchi hisoblagich (schyotchik) bilan jihozlangan bo’lsa, bu knopkalar plombalanmaydi. Bunday holatlarda kelishning blokirovka signali sun'iy ravishda berilganda stansiya navbatchisi poezdlar harakati jurnalidagi tegishli poezd raqamining to’g’risiga hisoblagich-ko’rsatkichning ko’rsatmasini yozib qo’yadi. Agar sun'iy ishlab ketish signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka (keyinchalikSSB) qurilmalari nosozligining oqibati bo’lsa, bu nosozlik to’g’risida ko’rik jurnaliga yozuv kiritiladi. 78. Poezdni jo’natishdan oldin marshrutni tayyorlagan stansiya navbatchisi chiqish svetoforini (semaforini) ochadi yoki uni ochish to’g’risida ijro postiga farmoyish beradi. Chiqish svetofori ochilishi bilan bir paytda qo’shni stansiyaga avtomatik ravishda poezd jo’nagani xaqida blokirovka signali uzatiladi (ijro postlari bo’lmagan elektromexanik blokirovkada poezd jo’nagani to’g’risidagi blokirovka signali qo’shni stansiyaga alohida chiqish svetofori yopilgandan so’ng uzatiladi). Poezd chiqish svetoforidan o’tgandan so’ng signal knopka (dastak) signal yopiq holatiga keltiriladi va stansiya navbatchisi poezdning xaqiqiy jo’nagan vaqtini qo’shni stansiyaga telefon orqali aytadi. Kelish blokirovka signali mavjudligidan qat’iy nazar, stansiya navbatchisi faqat qo’shni stansiyadan telefon orqali ilgari jo’natilgan poezd yetib borganligi xaqida axborot olgandan so’ng chiqish svetoforini ochish xuquqiga ega. Ilgari jo’natilgan poezdning yetib kelganligi xaqida qo’shni stansiyadan xabar olmasdan turib, stansiya navbatchisiga bir yo’llik peregonlarda qarama-qarshi yo’nalishdan kelayotgan poezdni qabul qilish uchun rozilik blokirovka signalini uzatish taqiqlanadi. 79. Peregon bo’sh va marshrut to’g’ri belgilangan holatda chiqish svetofori ajratilgan strelka uchastkasining sohta bandligi oqibatida ochilmasa, ushbu uchastkaning xaqiqatda bo’sh ekanligiga ishonch hosil qilgan stansiya navbatchisi poezd dispetcherining roziligi bilan "Jo’natish marshrutlarida ajratilgan strelkali uchastkalarning bo’shligi nazoratini o’chirish" knopkasini (bunday knopka mavjud stansiyalarda) bosgandan so’ng chiqish svetoforini ochish mumkin. 80. Agar chiqish svetofori ochilgandan so’ng poezd biron sabab bilan jo’natilmasa, stansiya navbatchisi chiqish svetoforini yopishi, bu xaqda poezdlar harakat jurnaliga yozuv kiritishi va poezdning ushlanib qolishi to’g’risida qo’shni alohida punkt va poezd dispetcheriga xabar qilishi lozim. Ushlanib qolgan yoki shu yo’nalishda harakatlanayotgan o’zga poezd yopiq chiqish svetoforida I punkti to’ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank __- betda keltirilgan) bilan jo’natiladi. Qo’shni alohida punktga poezdning xaqiqiy jo’natilgan vaqti telefon orqali xabar qilinadi. Ijro postlarisiz elektrmexanik blokirovkada ushlanib qolgan yoki shu yo’nalishda harakatlanayotgan boshqa poezd xaqiqatda jo’nab ketgandan so’ng qo’shni alohida punktga blokirovka signali uzatiladi. Keyingi poezdlar blokirovka bo’yicha odatdagi tartibda jo’natiladi. Blokirovkaning sozligida chiqish svetofori o’z-o’zidan (ajratilgan seksiyaning soxta bandligi, svetofor lampasining kuyishi yoki chiqish svetoforining xato yopilishi oqibatida) yopilgan holatlarda ham yetakchi lokomotivning mashinistiga ushbu Yo’riqnomani Umumiy qoidalari 9-bandi talablariga rioya etgan holda I punkti to’ldirilgan yashil rangdagi blankada ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) taqdim etiladi. Poezd radio aloqasi qurilmalari so’zlashuvlarni avtomatik qayd etish tizimi bilan jihozlangan stansiyalarda yashil rangdagi yozma ruxsatnoma o’rniga poezd lokomotivi mashinistiga radio aloqa orqali qayd etgichda qayd etiluvchi jo’natish buyrug’i quyidagi shaklda berilishi mumkin: Download 24.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling