2- laboratoriya ishi. Yarim avtomatik blokirovkada poezdlar harakati


YO’L POSTLARI (BLOK-POSTLARI)GA EGA


Download 24.14 Kb.
bet4/6
Sana08.04.2023
Hajmi24.14 Kb.
#1342743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-laboratoriya

YO’L POSTLARI (BLOK-POSTLARI)GA EGA
PEREGONLARDA POEZDLAR HARAKATI
90. Qo’shni alohida punktdan poezd jo’natilganligi xaqida blokirovka signalini qabul
qilib, post navbatchisi oldindagi peregonning bo’shligida o’tish svetoforini ochadi. O’tish
svetofori ochilishi bilan bir paytda qo’shni alohida punktga avtomatik ravishda boshqaruv
blokirovka signali uzatiladi (elektromexanik blokirovkada o’tish svetofori yopilgandan so’ng
blokirovka signali alohida uzatiladi).
Poezd o’tish svetoforini bosib o’tgandan so’ng, signal knopka (dastak) post
navbatchisi tomonidan signal yopiq holatiga o’rnatiladi. Poezd to’liq tarkibda o’tganiga
ishonch hosil qilgandan so’ng, post navbatchisi qo’shni stansiyalarga poezdning xaqiqatda
o’tgan vaqti to’g’risida xabar qiladi, orqada qolgan alohida punktga esa, bundan tashqari,
o’tish blokirovka signalini uzatadi (elektromexanik blokirovkada o’tish blokirovka signali bir
paytning o’zida oldindagi alohida punktga ham uzatiladi).
91. Agar poezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlangan bo’lsa, post navbatchisi
suruvchi lokomotiv o’tganiga ishonch hosil qilgandan keyingina orqada qolgan alohida
punktga o’tish blokirovka signalini uzatadi.
Poezd suruvchi lokomotivsiz o’tib ketsa, post navbatchisi bu to’g’rida darhol qo’shni
alohida punktlarga xabar qiladi, ammo blokirovka signalini uzatmaydi (elektromexanik
blokirovkada o’tish svetoforini ham yopmaydi).
Oldindagi post navbatchilari ham shu kabi tartibda harakat qiladilar. Elektromexanik
blokirovkada oldindagi post navbatchilari poezdni bo’sh peregonga yopiq o’tish svetoforida,
mashinistga I punkti to’ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) berib
o’tkazadilar.
Har bir blok-post navbatchisi faqat qolib ketgan suruvchi lokomotiv blok-postdan
o’tgandan so’ng, yopish blokirovka signalini uzatadi.
Oldinda ketayotgan poezd o’tish svetoforini avtomatik tarzda yopib ketsa, suruvchi
lokomotiv qo’shni blok-uchastkaga o’tish svetoforining taqiq ko’rsatmasida kiradi.
92. Avtomatik blok-postlar; tutashuv punktlariga xizmat ko’rsatuvchi blok-postlar;
yo’l rivojlanishiga ega (sutkada to’liq ishlamaganida) alohida punktlari o’rniga davriy
ochiladigan blok-postlar bilan jihozlangan peregonlarda poezdlar harakati tashkil etilishi
qurilmalar tizimiga bog’liq ravishda DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.

Download 24.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling