Yo’l postlari (blok-postlari)ga EGA peregonlarda poezdlar harakati 90


Download 13.1 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi13.1 Kb.
#1038906
Bog'liq
Doc1


YO’L POSTLARI (BLOK-POSTLARI)GA EGA PEREGONLARDA POEZDLAR HARAKATI 90
. Qo’shni alohida punktdan poezd jo’natilganligi xaqida blokirovka signalini qabul qilib, post navbatchisi oldindagi peregonning bo’shligida o’tish svetoforini ochadi.
O’tish svetofori ochilishi bilan bir paytda qo’shni alohida punktga avtomatik ravishda boshqaruv blokirovka signali uzatiladi (elektromexanik blokirovkada o’tish svetofori yopilgandan so’ng blokirovka signali alohida uzatiladi).
Poezd o’tish svetoforini bosib o’tgandan so’ng, signal knopka (dastak) post navbatchisi tomonidan signal yopiq holatiga o’rnatiladi. Poezd to’liq tarkibda o’tganiga ishonch hosil qilgandan so’ng, post navbatchisi qo’shni stansiyalarga poezdning xaqiqatda o’tgan vaqti to’g’risida xabar qiladi, orqada qolgan alohida punktga esa, bundan tashqari, o’tish blokirovka signalini uzatadi (elektromexanik blokirovkada o’tish blokirovka signali bir paytning o’zida oldindagi alohida punktga ham uzatiladi). 91.
Agar poezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlangan bo’lsa, post navbatchisi suruvchi lokomotiv o’tganiga ishonch hosil qilgandan keyingina orqada qolgan alohida punktga o’tish blokirovka signalini uzatadi.
Poezd suruvchi lokomotivsiz o’tib ketsa, post navbatchisi bu to’g’rida darhol qo’shni alohida punktlarga xabar qiladi, ammo blokirovka signalini uzatmaydi (elektromexanik blokirovkada o’tish svetoforini ham yopmaydi).
Oldindagi post navbatchilari ham shu kabi tartibda harakat qiladilar. Elektromexanik blokirovkada oldindagi post navbatchilari poezdni bo’sh peregonga yopiq o’tish svetoforida, mashinistga
I punkti to’ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) berib o’tkazadilar. Har bir blok-post navbatchisi faqat qolib ketgan suruvchi lokomotiv blok-postdan o’tgandan so’ng, yopish blokirovka signalini uzatadi.
Oldinda ketayotgan poezd o’tish svetoforini avtomatik tarzda yopib ketsa, suruvchi lokomotiv qo’shni blok-uchastkaga o’tish svetoforining taqiq ko’rsatmasida kiradi.


92. Avtomatik blok-postlar; tutashuv punktlariga xizmat ko’rsatuvchi blok-postlar; yo’l rivojlanishiga ega (sutkada to’liq ishlamaganida) alohida punktlari o’rniga davriy ochiladigan blok-postlar bilan jihozlangan peregonlarda poezdlar harakati tashkil etilishi qurilmalar tizimiga bog’liq ravishda DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
Download 13.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling