2- laboratoriya ishi. Yarim avtomatik blokirovkada poezdlar harakati
Download 24.14 Kb.
|
2-laboratoriya
YARIM AVTOMATIK BLOKIROVKA
NOSOZLIGIDA POEZDLAR HARAKATI 93. Quyidagi nosozliklarda yarim avtomatik blokirovka amal qilishi to’xtatiladi: a) chiqish yoki o’tish svetoforini yopishning iloji yo’qligi; b) peregon bo’shligida chiqish yoki o’tish svetoforini ochishni iloji yo’qligi (jumladan, chiqish svetoforida ajratilgan uchastkalar bo’shligi nazoratini o’chirish yordamchi knopkalarni qo’llab); v) blokirovka signallari o’z-o’zidan qabul qilinishi; g) blokirovka signallarini uzatish yoki qabul qilishning iloji yo’qligi; d) blok-apparatda plombalar yo’qligi (pedal-zamichkadagi yoki yordamchi knopkadagi plombalar mustasno). Ko’rsatilgan barcha holatlarda, shuningdek, blokirovka qurilmalari amal qilishini vaqtincha to’xtatadigan ushbu qurilmalarni qayta jishozlash, ko’chirish, ta'mirlash, sinash, almashtirish va boshqa ishlar paytida blokirovka bo’yicha poezdlar harakati to’xtatilib, telefon aloqasi orqali o’rnatiladi. 94. Elektromexanik yarim avtomatik blokirovka apparatini (stansiya navbatchisining boshqaruv apparatini) ko’zdan kechirayotganda blokirovka amal qilishi to’xtatilmaydi. Bunda blok-apparat ochiq paytida stansiya navbatchisi va elektromexanik blokirovka qurilmalari to’g’ri ishlashini o’ta diqqat bilan kuzatishlari shart. Yarim avtomatik blokirovka qurilmalarini ko’zdan kechirish, rostlash va moylash yakunlangandan so’ng, plomba qo’yishdan avval elektromexanik stansiya navbatchisi bilan birgalikda nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha blok-apparat ko’rsatmalarining peregonlar holatiga muvofiqligini (poezdlar harakati jurnalidagi yozuvlar va qo’shni alohida punktlar navbatchilari bilan so’zlashuvlar bo’yicha) tekshiradilar. Blok-apparatni ko’zdan kechirish yoki ta'mirlash uchun ochilgan har bir holat, shuningdek, bu ishning yakunlanganligi xaqida elektromexanik ko’rik jurnaliga tegishli yozuvni kiritadi. 95. Telefon aloqaga o’tish, shuningdek, blokirovka bo’yicha poezdlar harakatini tiklash, stansiya navbatchilari orqali peregonning bo’shligi tekshirilgandan so’ng, poezd dispetcheri buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Dispetcherlik aloqasi nosozligida, poezdlar harakatida telefon aloqasiga o’tish va blokirovka harakatini tiklash ushbu Yo’riqnomaning 44 va 45-bandlarida ko’rsatilgan tartibda telefonogramma matnida "avtoblokirovka" so’zini "blokirovka" so’ziga almashtirish bilan amalga oshiriladi. 96. Blokirovka amal qilishi to’xtatilib, telefon aloqasiga o’tilgandan so’ng, poezdlar mashinistlariga qo’shni alohida punktgacha harakatlanish uchun yo’l xati (qog’ozi) (DU-50 shaklidagi blank) beriladi. 97. Taqiq ko’rsatmali marshrut svetoforidan (chiqish svetoforigacha) poezdlar quyidagilarga asosan o’tishi mumkin: taklif signali bo’yicha; jo’natilayotgan poezd mashinistiga radio aloqa orqali uzatiladigan stansiya navbatchisining qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha; I punkti to’ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (matn qo’lda muvofiq ravishda o’zgartirilganda) bo’yicha. 98. Poezd ikki lokomotiv yoki peregonning oxirigacha boradigan suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda, peregonni band etish xuquqini beruvchi ruxsatnoma faqat yetakchi lokomotiv mashinistiga taqdim etiladi. Ikkinchi (lokomotiv ikkita bo’lganda) va suruvchi lokomotivlarning mashinistlari signallar yoki radio aloqa orqali uzatiladigan, yetakchi lokomotiv mashinistining xabarlariga binoan harakatlanishi lozim. 99. Blokirovka telefon aloqasining nosozligida stansiya navbatchisi boshqaruv apparatlaridagi nazorat asboblari ko’rsatmalarining o’zgarishini o’ta diqqat bilan kuzatishi lozim. Bu holatda poezdlar harakati to’g’risida xabarlar poezd dispetcheri orqali yoki stansiya navbatchisining ihtiyorida bo’lgan boshqa aloqa vositalari bo’yicha uzatiladi. 100. Bir yo’nalishda harakatlanish uchun yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan ikki yo’llik (ko’p yo’llik) peregonlarda poezdlarni (regulirovka-rostlash maqsadida) noto’g’ri yo’ldan jo’natish poezd dispetcherining buyrug’iga binoan, bir yo’llik harakat qoidalari bo’yicha, telefon aloqasiga o’tish bilan amalga oshiriladi. 101. Yarim avtomatik blokirovka tizimi va u yoki bu uchastkadagi konkret ish holatiga bog’liq ravishda qurilmalardan foydalanish tartibi, shuningdek, poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazishda xodimlarning harakat tartibi zarur holda temir yo’lda ishlab chiqiladigan Yo’riqnomalarda belgilanadi. Download 24.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling