Amalga oshirish tartibi
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ELEKTRON DO‘KON ORQALI DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Elektron do‘konda to‘lovni o‘tkazish va shartnoma shartlarini bajarilish tartibi Tayanch so’z va iboralar
- 1. Elektron do‘kon tushunchasining mohiyati
- Elektron do‘konning ishlash va undan foydalanish tartibi.
5-MAVZU. ELEKTRON DO‘KON ORQALI DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI REJA: 1. Elektron do‘kon tushunchasining mohiyati 2. Elektron savdolar uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi 3. Elektron do‘konda tovarni tanlash va savdo mexanizmi 4. Elektron do‘konda to‘lovni o‘tkazish va shartnoma shartlarini bajarilish tartibi Tayanch so’z va iboralar Elektron do‘kon tushunchasi. Elektron do‘konning ishlash va undan foydalanish tartibi. Elektron do‘konning afzalliklari. Ishtirokchining taklifini elektron do‘konga joylashtirish tartibi. Narxlar so‘rovi mexanizmi. G‘olibni aniqlash mexanizmi. Shartnoma tuzish tartibi. 1. Elektron do‘kon tushunchasining mohiyati Elektron do‘kon maxsus talablar tatbiq etilmaydigan iste’mol tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot portalidagi maxsus maydonchadir. Elektron do‘konda quyidagi davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin: bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan (byudjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan) oshmaydigan, biroq bir yilda bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravari miqdordagi summadan ko‘p bo‘lmagan tovarlar; bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oshmaydigan miqdordagi ishlar, xizmatlar. Elektron do‘konning ishlash va undan foydalanish tartibi. Elektron do‘kon ishtirokchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Ishtirokchining elektron do‘konga qo‘yilgan taklifi davlat buyurtmachilariga yuborilgan ommaviy ofertadir. Ishtirokchi elektron do‘konga joylashtirilgan o‘z taklifida quyidagilarni ko‘rsatadi: taklif etilayotgan tovarning nomi; sotish narxi; tovarning eng ko‘p va eng kam to‘pi; tovarning rusumi va texnik parametrlari (texnik pasport yoki boshqa hujjat asosida); tovarning fotosurati; tovar etkazib beriladigan (ish bajariladigan, xizmat ko‘rsatiladigan) hudud; tovarni ishlab chiqaruvchi va tovar kelib chiqqan mamlakat to‘g‘risidagi axborot; kafolat shartlari va muddati to‘g‘risidagi axborot; tovar ishlab chiqarilgan yil; tovarning yaroqlilik muddati; ishni bajarish, xizmatni ko‘rsatish muddati; zarur bo‘lganda, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoki sertifikat mavjudligi to‘g‘risidagi axborot. Davlat buyurtmachisi elektron do‘konda ishtirokchilarning ofertalarini o‘rganish yo‘li bilan o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va tovar (ish, xizmat) tanlangach, narxlar so‘rovi mexanizmidan foydalanadi. Maxsus axborot portali avtomatik rejimda, narxlar so‘rovi mexanizmini amalga oshirgan holda elektron do‘konda o‘xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish to‘g‘risida takliflar yuborilishini ta’minlaydi. Ishtirokchilar narxlar so‘rovida ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif maxsus axborot portali tomonidan yuborilgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida o‘z takliflarini berishga haqli. Ishtirokchilarning manziliga yuborilayotgan narxlar so‘rovida ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasiga havolani o‘z ichiga oladi. Xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish taklifini olgan ishtirokchi davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan oferta narxidan pastroq narx bo‘yicha taklif kiritishga haqli. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‘yicha takliflarni taqqoslash maxsus axborot portali tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Maxsus axborot portali davlat buyurtmachisi va eng past narxni taklif qilgan ijrochi o‘rtasida tuzilgan bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan davlat buyurtmachisi yoki ishtirokchilar yakunlar sarhisob qilinguniga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining nomi g‘olib aniqlangan paytda maxsus axborot portalida aks ettiriladi. Maxsus axborot portali shartnomani davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiradi. Agar maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishtirokchilarning hech biri dastlabki taklifdan pastroq narxni taklif qilmasa, maxsus axborot portali davlat buyurtmachisi va ijrochi o‘rtasidagi bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Agar xarid qilish tartib-taomili yakuniga ko‘ra elektron do‘konda tovar (ish, xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi mustaqil ravishda tanlangan etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridni amalga oshirishga haqli. Bunda Qonunning 43-moddasida belgilangan davlat xaridlarining summalarga oid mezonlari amal qiladi. To‘g‘ridan- to‘g‘ri xarid natijasida tuzilgan shartnoma u tuzilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay maxsus axborot portaliga joylashtirilishi lozim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid uchun javobgarlik davlat buyurtmachisining zimmasida bo‘ladi. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar xaridlarni elektron do‘konda tartib-taomili orqali amalga oshirishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobvarag‘iga ishtirokchi oferta qiymatining 3 foizi miqdoridagi zakalatni joylashtiradi. Agar narx so‘rovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx buyurtmachi tomonidan tanlangan narxdan 15 va undan ortiq foizga past bo‘lsa, ishtirokchi buyurtmachi tomonidan tanlangan ofertaning narxi va o‘zi tomonidan taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qo‘shimcha zakalatni xarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart. Qo‘shimcha zakalat mavjud bo‘lmagan taqdirda ushbu takliflar elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‘yicha takliflarni taqqoslash portal tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan buyurtmachi yoki ishtirokchilar yakuniy natijalar e’lon qilinguniga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining nomi va uning taklif qilgan narxi g‘olib aniqlangan paytda portalda aks ettiriladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling