O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida
-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining vakolatlari
Download 163.38 Kb. Pdf ko'rish
|
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida
18-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilik palatasi qo‘mitalari: 1) o‘z tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi boshqa qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi; 2) qonun loyihalarining dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi; Oldingi tahrirga qarang. 3) qonun hujjatlarining loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi; (18-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 4) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi; Oldingi tahrirga qarang. 5) fraksiyalar taklifiga ko‘ra joylarda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini o‘rganadi; (18-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi) 6) Qonunchilik palatasining topshirig‘iga yoki palata Kengashining tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki palata vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan mas’ul bo‘ladi; 7) kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini jalb etadi; 8) qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi; 9) kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; 10) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi; Oldingi tahrirga qarang. 11) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi, Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi; (18-moddaning birinchi qismi 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Oldingi tahrirga qarang. 12) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi; (18-moddaning birinchi qismi 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) 13) yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonun osti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 163.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling