Mavzu: Prokuror nazoratining mohiyati va vazifalari


Download 1.23 Mb.
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1453564
  1   2   3   4
Bog'liq
JAVLONBEK

MAVZU: Prokuror nazoratining mohiyati va vazifalari

REJA:

  • O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi:
  • O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari:
  • QONUNLAR IJROSI USTIDAN NAZORAT:
  • FUQARONING HUQUQLARI HAMDA ERKINLIKLARIGA RIOYA ETILIShI USTIDAN NAZORAT:
  • JINOYATChILIKKA QARShI KURAShNI AMALGA OShIRADIGAN ORGANLAR TOMONIDAN QONUNLARNING IJRO ETILIShI USTIDAN NAZORAT:
  • PROKUROR NAZORATI HUJJATLARI:

O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi

  • O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir.
  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
  • Prokuratura organlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, shuningdek ularning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi.

Qonunlar ijrosini tekshirish qonunlarning buzilayotganligi to‘g‘risidagi arizalar va boshqa ma’lumotlar asosida, shuningdek qonuniylik prokuror tomonidan choralar ko‘rilishini talab qiladigan holatda ekanligidan kelib chiqqan holda qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

  • Qonunlar ijrosini tekshirish qonunlarning buzilayotganligi to‘g‘risidagi arizalar va boshqa ma’lumotlar asosida, shuningdek qonuniylik prokuror tomonidan choralar ko‘rilishini talab qiladigan holatda ekanligidan kelib chiqqan holda qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
  • Xo‘jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning bevosita aralashishiga, shuningdek idoraviy boshqaruv va tekshiruv organlarining vazifalarini bajarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling