O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida
-modda. Qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi
Download 163.38 Kb. Pdf ko'rish
|
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-modda. Kelishuv komissiyasi
29-modda. Qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha o‘qishda ko‘rib chiqadi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi. Ovoz berish ochiq yoki yashirin bo‘lishi mumkin. Ovoz berishning shakli va usuli to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan Qonunchilik palatasi majlisida hozir bo‘lgan deputatlarning ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay Senatga yuboriladi. Senat qonunni ma’qullash yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash va e’lon qilish uchun yuboriladi. 30-modda. Kelishuv komissiyasi Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Kelishuv komissiyasining har bir palatadan ko‘rsatilgan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qonunning Senat e’tiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni o‘zgartirish to‘g‘risida, agar bunday o‘zgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan bo‘lsa, qaror qabul qilishga haqli. Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi. Kelishuv komissiyasini tuzish tartibi, komissiyaning tarkibi va ishi Reglamentda belgilanadi. LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 8-noyabrdagi 152-I-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 3-dekabrdagi 112-I- sonli qarorlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish Tartibi . Download 163.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling