O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


 -modda. Parlamentdagi ko‘pchilik va parlamentdagi muxolifat. Fraksiyalarning blokka


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida

25 -modda. Parlamentdagi ko‘pchilik va parlamentdagi muxolifat. Fraksiyalarning blokka
birlashishi
Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan fraksiya parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil
etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok
tuzadigan bir nechta fraksiyalar parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim
yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.
1


(25 -moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi
O‘RQ-563-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-
son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda
ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi.
O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan fraksiya 
qonunda 
fraksiyalar uchun nazarda
tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun
loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish;
(25 -modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-
dekabrdagi O‘RQ-396-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini Qonunchilik palatasining
yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;
Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli
ishtirok etishi.
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik
tomonidan kamsitilishi mumkin emas.
(25 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi O‘RQ–90-son 
Qonuni 
bilan kiritilgan —
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 153-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling