Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va uning
Download 171,56 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va uning moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan tekshirishlarni tashkil etish va o’tkazish tartibi.
- O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etishning maqsadi, vazifa va funksiyalari.
moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi o’rni Reja:
Mamlakatimizda jahon tajribasidan foydalangan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 27 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Hisob Palatasini tashkil etish to’g’risida”gi PF 3093 son farmoniga asosan Davlat byujetining ijrosi, davlat aktivlari va passivlarining holati hamda harakati, qimmatbaho metallar va toshlar bilan operasiyalar amalga oshirilishi, oltin-valyuta zahiralarini boshqarish, xorijiy kapitalni respublika iqtisodiyotiga jalb etish va 16 O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 26.12.13 yil №158-II, 39-modda 17 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni undan samarali foydalanish, davlatning tashqi qarzi o’z vaqtida qaytarilishi doimiy monitoringi va nazoratini ta’minlash maqsadida Hisob palatasi tashkil etildi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek mamlakatni isloh qilish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining eng muhim vazifalarini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni19 imzoladi. Farmonga muvofiq bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashqi audit va moliyaviy nazoratning eng yuqori organi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga tushumlarni to‘liqligi, maqsadli va samarali shakllanishi va ijro etilishini, davlat aktivlari va passivlari holati va harakatini, oltin-valyuta zaxiralari hamda tashqaridan jalb qilingan mablag‘larni qayta to‘ldirilishi, boshqarilishi va tasarruf etilishi ustidan monitoring va davlat nazoratini amalga oshiradi. Palata o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda bajaradi va barcha davlat idoralari hamda tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan erkin bo‘ladi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi, unga, 19 2017 yil 10 avgustdagi PF-5147-son Farmon shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot beradi.Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tizimli asosda o‘z faoliyati, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlar to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati haqida ma’lumot taqdim etadi. Hisob palatasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini davlat organlari va mulkchilik shakli va bo‘ysunuvidan qat’iy nazar tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi. Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihalari parametrlarini shakllantirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor jihatlariga mosligini tizimli tahlil qiladi, qabul qilinayotgan davlat va hududiy dasturlarni moliyalashtirish manbalari auditini ta’minlaydi.Shuningdek, palata budjet tizimi budjetlariga mablag‘lar va budjetdan tashqari boshqa mablag‘lar to‘liq tushishini o‘rganib boradi hamda nazorat qiladi, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish orqali budjet daromadlarini oshirishni aniqlaydi va zaxiralarini safarbar qiladi. O‘z navbatida budjeti tizimi budjetlari va budjetdan tashqari boshqa mablag‘lar hisobidan xarajatlarning samaradorligi va qonuniyliligini auditdan o‘tkazadi, ularni barcha darajalarda qisqartirish bo‘yicha zaxiralarni aniqlaydi. Hisob palatasiga O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit va valyuta siyosati, davlat aktivlari va majburiyatlari holati, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarishni, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshiriluvchi amaliyotlarni tashqi auditdan o‘tkazish vazifasi ham topshirildi. Hisob palatasi o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida huquqlarga ega 18:
tadbirlariga moliya, soliq va boshqa organlarning xodimlarini jalb etish;
18 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5147-son Farmoni, 2017 yil 10 avgust
Hisob palatasi o‘zi faoliyatini qonuniylik, xolislik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Hisob palatasi o‘z faoliyatini, Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy tizimli nazoratni ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan yillik nazorat ishlari dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlari dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati va Tashkiliykadrlar xizmati bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Mamlakatimizda iqtisodiyot sohasida, jumladan moliya sohasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi va ushbu organ asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: birinchi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi parametrlari shakllantirilishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligini tizimli tahlil qilish, qabul qilinayotgan davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligining auditini amalga oshirish; ikkinchi, budjet tizimi budjetlariga mablag‘lar va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar tushumining to‘liqligini o‘rganish va nazorat qilish, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo‘llash orqali budjet daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash va safarbar qilish; uchinchi, budjet tizimi budjeti va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan xarajatlarning samaradorligi va qonuniyligini auditdan o‘tkazish va barcha darajada ularni qisqartirish bo‘yicha zaxiralarni aniqlash, budjet tizimi budjetlari va davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘larhisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi va asosliligini baholash; to‘rtinchi, soliq va budjet qonunchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, tizimli qonunbuzarliklarning sabablari hamda o‘zini oqlagan jahon tajribasini o‘rganish va umumlashtirish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy qilish; beshinchi, respublika budjeti va mahalliy budjetlar o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromad bo‘yicha vakolatlari va xarajatlar bo‘yicha majburiyatlari belgilanishining to‘g‘riligini baholash, ularning o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; oltinchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i bo‘yicha davlat va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga davlat tashrifi davomida imzolangan kelishuv va hujjatlarni amalga oshirishning to‘liqligi va samaradorligi bo‘yicha nazoratni tashkil etish; ettinchi, O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosati, davlat aktivlari va majburiyatlarining holati, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish, shuningdek qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bajarilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazish. Hisob palatasi o‘ziga yuklatilgan bir qator muhim vazifalaridan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi 19:
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va Davlat budjeti parametrlari loyihasini olib borilayotgan siyosat hamda qabul qilingan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlarining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligini tanqidiy baholash; Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning shakllantirilishi va ijro etilishini tarmoq va hududlar kesimida moddalar, omillar bo‘yicha tahlil qilish; Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjeti loyihasi hamda kelgusi yil soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xulosa berish; Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning budjetlari shakllantirilishi va ijro etilishi bo‘yicha nazorat va monitoringni amalga oshirish; davlat va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarning to‘liq va samarali bajarilishini hamda ularni moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligini tekshirish; Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o‘tkazish va baholash, ular bo‘yicha Vazirlar 19 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi PF-5147-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risida nizom” Mahkamasiga xulosalar taqdim etish;
daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligi va soliq to‘lovchilar hisobining to‘liqligini ta’minlashda moliya va soliq organlarining mas’uliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama ko‘maklashish choralarini ko‘rish;
v) budjet tizimi budjetlari va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan xarajatlarning samaradorligi va qonuniyligini auditdan o‘tkazish va barcha darajada ularni qisqartirish bo‘yicha zaxiralarni aniqlash, budjet tizimi budjetlari va davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi va asosliligini baholash sohasida:
qilish;
hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini maqsadga muvofiqligi va asosliligini baholash;
g) soliq va budjet qonunchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, tizimli qonunbuzarliklarning sabablari hamda o‘zini oqlagan jahon tajribasini o‘rganish va umumlashtirish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy qilish sohasida:
soliq va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilish holatlarini va bunday holatlarga olib kelayotgan sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilish, ularni takomillashtirish, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish hamda ularning stavkalarini o‘zgartirish bo‘yicha taklif tayyorlash,
j) O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosati, davlat aktivlari va majburiyatlarining holati, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish, shuningdek qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bajarilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazish sohasida:
Respublikasining Davlat kafolati ostida olingan tashqi kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini qattiq nazorat qilish;
Hisob palatasi qonunchilikka muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling