Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va uning
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan tekshirishlarni tashkil etish va o’tkazish tartibi
Download 171.56 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va uning moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi o’rni
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan tekshirishlarni tashkil etish va o’tkazish tartibi.Hisob palatasining tekshirishlari Hisob palatasining raisi, u bo’lmagan taqdirda Hisob palatasi raisining o’rinbosari imzosi qo’yilgan Hisob palatasining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Nazorat tadbiri o’tkazilayotganda Hisob palatasi tomonidan Moliya vazirligi, 21 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5116 sonli farmoni, 18.07.2017 y. Davlat soliq qo’mitasi hamda boshqa vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilishi mumkin. Hisob palatasining tekshirishlari davomida davlatning iqtisodiy manfaatlariga etkazilgan zarar summalari aniqlanadi va byudjetga qaytariladi. Hisob palatasining tekshirishlari natijalari bo’yicha tekshirishning yig’ma dalolatnomasi tuziladi, unda tasdiqlangan dasturga ko’ra izchil, hujjatlar bilan tasdiqlangan dalillarning tizimlashtirilgan bayoni berilishi kerak. Tekshirishning yig’ma dalolatnomasida davlatning iqtisodiy manfaatlariga etkazilgan zarar summalari aks ettirilib, birlamchi buxgalteriya hujjatlariga va ko’rsatilgan dalillarning mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa isbot-dalillarga havola qilgan holda huquqbuzarliklar turi, ularni sodir etish usuli va holatlari aniq bayon etiladi. Hisob palatasining tekshirish yig’ma dalolatnomasi Hisob palatasi inspektorlar guruhining rahbari va guruh a’zolari tomonidan imzolanadi hamda tanishish va imzolash uchun tekshirish obyektining rahbari va bosh buxgalteriga taqdim etiladi. O’tkazilgan tekshirish natijalariga qo’shilmagan taqdirda tekshirish obyektining rahbari va bosh buxgalteri mulohazalarini qayd etgan holda tekshirishning yig’ma dalolatnomasini imzolaydi. Tekshirish obyektining yig’ma dalolatnomaga doir mulohazalari imzolangan tekshirish dalolatnomasi olingan kundan boshlab o’n kun mobaynida taqdim etilishi kerak. rasm. Hisob palatasining tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga etkazilgan zarar summalari22Yig’ma dalolatnoma bo’yicha tekshirish obyektidan olingan mulohazalarga javoban tekshiruvchi shaxslar tomonidan besh kun ichida tekshirish obyektining e’tiroz bildirgan vajlari asosliligi xususida xulosa tuziladi. 22 O’zR MV, DSQ va Hisob palatasining 2006 yil 11 dekabrdagi 101, 2006-52, 11-133-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tayyorlandi Tekshirish obyekti tomonidan bildirilgan mulohazalarni qo’shimcha ko’rib chiqish uchun Hisob palatasi vakolatli organlarning malakali mutaxassislarini jalb etishi va ulardan tegishli xulosani talab qilishi mumkin. Download 171.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling