Toshkent moliya instituti mustaqili sh mavzu: hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy nazoratining amalga oshirilishi
Download 131.79 Kb.
|
Hisob palatasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy nazoratining amalga oshirilishi.
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI M U S T A Q I L I SH MAVZU: HISOB PALATASI TOMONIDAN DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING AMALGA OSHIRILISHI. Bajardi: SST-50 guruh talabasi J.Ilxomov TOSHKENT-2023 Mavzu: Hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy nazoratining amalga oshirilishi. R E J A: O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi Qonun. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining funksiyalari. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakolatlari, nazorat shakllari va turlari. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ham, iqtisodityotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida ham moliyaviy nazoratga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida moliyaning o’zi kabi moliyaviy nazoratning maqsad va vazifalari, turlari va shakllari tubdan o’zgardi. Endi u faqatgina jazolash maqsadida emas, balki davlatning o’z vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan mablag’larning to’liq to’planishi va byudjet mablag’laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilinishini nazorat qilish maqsadida maslahat va ko’rsatmalar berish kabi vazifalarni bajarmoqda. Bugungi kunda moliyaviy nazorat tizimi o’z tarkibida nazorat qiluvchilar va nazorat qilinuvchilar bilan birga nazoratning turlari, shakllari va usullarini ham jamlaydi. Moliyaviy nazorat amal qilish sohasiga ko’ra davlat va nodavlat moliyaviy nazoratidan iborat. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Кonstitutsiyasi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo’naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllariga bog’liq. Davlat moliyaviy nazorati YaIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning to’liq va o’z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq bo’lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga tegishli hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning sohalari davlat moliyaviy nazorati davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo’lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi. Davlat moliyaviy nazoratining obyekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi byudjeti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tekshirish orqali uning buzilishiga yo’l qo’ymaslik, buzilish holati sodir bo’lsa, aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi. Download 131.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling