Toshkent moliya instituti mustaqili sh mavzu: hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy nazoratining amalga oshirilishi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
Download 131.79 Kb.
|
Hisob palatasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
4. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishni; qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini; budjet tizimi budjetlariga hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumining to‘liqligini o‘rganish va nazorat qilishni; budjet tizimi budjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash va safarbar qilishni; budjet tizimi budjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligini va qonuniyligini auditdan o‘tkazishni, barcha darajalarda ularni qisqartirish bo‘yicha imkoniyatlarni aniqlashni; budjet tizimi budjetlari mablag‘lari va davlatdan qarz olish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligini va asosliligini baholashni; soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishni, budjetga oid rejalashtirishning zamonaviy usullarini tizimli qoidabuzarliklarning sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish va o‘rganish orqali joriy etishni; O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari o‘rtasidagi nisbat maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadga oid vakolatlari va xarajatlarga doir majburiyatlari chegaralanishining to‘g‘riligini baholashni, ularning moliyaviy jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlashi yuzasidan takliflar ishlab chiqishni; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni; O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni; davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni; O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit va valyuta siyosatining, O‘zbekiston Respublikasi aktivlari va majburiyatlari holatining, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarishning, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tashqi auditini amalga oshiradi. Davlat moliyaviy resurslarini samarali boshqarish hamda budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish, shuningdek, 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. 2022-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qo‘shimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi: buxgalteriya (budjet) hisobi yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligini hamda daromadlarning to‘liqligini, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholashni nazarda tutuvchi moliyaviy audit; konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan budjet mablag‘laridan foydalanishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, shuningdek, daromadlarning to‘liqligini ta’minlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashni nazarda tutuvchi muvofiqlik auditi; nazorat obyektida xarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligi va natijadorligini, ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning tejamkorligini, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishini, konsolidatsiyalashgan budjet va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi va natijadorligini, shuningdek, davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligini baholash va tahlil qilishni nazarda tutuvchi samaradorlik auditi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.1. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari. 1.2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari. 2. Normativ-huquqiy hujjatlar: 2.1. O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. –T.: “Adolat”, 2014 3. Internet saytlari: 3.1. http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi hukumat portali 3.2. http://www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 3.3. http://www.mf.uz - O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi 3.4. http://www. advice.uz – Huquqiy axborot portal Download 131.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling