Mavzu: Elektron hukumat tizimi interaktiv xizmatlaridan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish


Download 8.77 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi8.77 Kb.
#1553182
  1   2
Bog'liq
Elektron hukumat MI

Mavzu: Elektron hukumat tizimi interaktiv xizmatlaridan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish


Portal haqida
O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko'rsatadi.
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.
Yagona portal maqsad va vazifalari:
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portalning asosiy vazifalari;
  • ·foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;
  • ·foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
  • ·foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
  • ·davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to'siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;

Interaktiv Davlat xizmatlarini yagona portali 2013 yil 1 iyulda ishga tushirildi. 2017 yilning mart oyiga kelib, ushbu portalda 308 ta elektron xizmat joriy etildi. Bunda xizmatlar axborot (offlayn), yarim avtomat, avtomatlashtirilgan va interaktiv ko‘rinishlarda taqdim qilinadi.
Portal Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “ID.uz” identifikatsiya tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki axborot tizimlari hamda resurslariga, normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini baholash tizimi portaliga hamda “Tadbirkorlik” tizimiga ulangan. Hozirgi kunda “yagona darcha” axborot tizimi, yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga integratsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan murojaatlar soni bugungi kunda milliondan oshdi. Keyingi paytda portalda interaktiv davlat xizmatlari soni ortgani ham murojaatlar ko‘payishiga asosiy turtki bo‘ldi. Shuningdek, 2400 dan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, idoralar huzuridagi tuzilmalar ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelmoqda.

Download 8.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling