Mavzu: Elektron hukumat tizimi interaktiv xizmatlaridan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali


Download 8.77 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi8.77 Kb.
#1553182
1   2
Bog'liq
Elektron hukumat MI

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali


my.gov.uz web-sayti ma’lumotlari.
“Statistika” moduli fuqarolar tomonidan davlat tashkilotlariga yuborilgan murojaatlarni
ko‘rib chiqilishi xolati bo‘yicha muhim ma’lumotlarni o‘zida aks etadi “Murojaatlarni ko‘rib chiqish” modulining imkoniyatlari:
  • – 500 dan ortiq davlat tashkilotlariga murojaat yuborish;
  • – 5ta davlat tashkilotiga bir vaqtda murojaat yuborish;
  • – oldingi murojaatlarni va qoralamalarni saqlash;
  • – murojaatlarni ko‘rib chiqish xolatini kuzatish;
  • – davlat tashkiloti faoliyatidan qoniqish darajasini baxolash;
  • – murojaatni bekor qilish;
  • – davlat tashkilotining javobiga izoh qoldirish

“Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish”
Mazkur xizmat fuqarolarga rahbariyat qabuliga onlayn tarzda yozilish imkoniyatini beradi. Davlat organlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida fuqarolarni qabul qilish tartibi ularning ichki tartibi bilan belgilanadi.
 “Bo‘sh ish o‘rinlari”
Yagona portal foydalanuvchilari taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari uchun o‘zlarining rezyumelarini yuborishlari mumkin. Yagona portalda davlat organlari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati.
“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun arizalarni rasmiylashtirish”
Barcha kerakli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda (mahalliy davlat organlari qarorlari, notariat organlari tomonidan tasdiqlangan shartnomalar va boshqalar), arizachilar o‘z huquqlarini kadastr organlariga tashrif buyurmasdan ro‘yxatdan o‘tkazishlari (huquqni belgilovchi hujjatni olishlari) mumkin.
“Tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya olish uchun elektron ariza
taqdim etish”
Yuridik shaxslar, tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya (litsenziya bitimi) olish (qayta rasmiylashtirish, uzaytirish) uchun elektron arizani Yagona portal orqali taqdim etishlari mumkin.
Arizalar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqiladi va litsenziyalash organining ekspertiza natijalariga muvofiq tegishli takliflar bilan birgalikda xulosa tayyorlanadi.
Davlat boshqaruv idoralari interaktiv xizmatlarining hozirgi kunda bir necha turi mavjud bo‘lib, ulardan quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin:
- pul kursining boshqa bir kurslarga nisbatan farqini “online” rejimda aniqlash xizmat turi, foydalanuvchilarga ma’lum bir to‘lovlarni boshqa bir valyutada to‘lashda mazkur pul birligining amaldagi pul birligiga (yoki aksincha) nisbatan qancha bo‘lishini tez va aniq hisoblab beradi;
- xizmat yuzasidan kerakli bo‘lgan tashkilotlarni tezda topish. Bunda foydalanuvchi jamiyatda muhim o‘rin egallaydigan va o‘zining ish faoliyatiga taaluqli tashkilotlarning manzillari va telefon raqamlarini olishi mumkin. Asosan foydalanuvchi o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, ma’lum bir manzilni qidiradi va buning uchun etarlicha muammo tug‘iladi. Mazkur muammoni ijobiy hal qilish maqsadida “online” tarzidagi davlat interaktiv xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir;
- “online” test –talabalar bilimini “online” rejimda baholash bo‘lib, har bir mijoz o‘z bilimini istalgan fan bo‘yicha tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu orqali foydalanuvchilar bilim saviyalarini aniqlab olish mumkin;
- matbuot xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun bosmaxona shartlari bilan tanishish va ulardan foydalanish;
- metro kartasi, ma’lum bir bekatdan boshqa bir bekatga borishni optimal vaqt va ko‘chishlar orqali amalga oshirishga yordam beradi;
Yuqoridagi interaktiv xizmatlar maxsus yaratilgan portallar orqali aholidan kelib tushayotgan sohaga oid murojatlar va arizalarni ko’rib chiqish va tez fursatda muammolarni hal qilish imkonini bermoqda.
Download 8.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling