Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 2023-yilning yanvar-mart oylarida kelib tushgan murojaatlarni


Download 42.66 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi42.66 Kb.
#1599162
Bog'liq
Monitoring 2023 yil I-chorak hisoboti (2)


Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 2023-yilning yanvar-mart oylarida kelib tushgan murojaatlarni tahlili to‘g‘risida
MA’LUMOT
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 2023 yilning I-choragi (yanvar-mart oylari) davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 20 ta murojaat kelib tushdi. Jumladan, elektron pochta orqali 3 tani (15%), yozma ravishda 4 tani (20%), og‘zaki murojaatlar 13 tani (65%) tashkil etdi. Virtual qabulxona orqali murojaat kelib tushmadi.
Institutga 2022-yilning I-choragida jami 56 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan virtual qabulhona orqali 8 tani, elektron pochta orqali 14 tani, yozma murojaat 5 tani, og‘zaki murojaat 29 tani tashkil etdi.
Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibtiki Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 2023-yilning I-choragida kelib tushgan murojaatlarning soni, 2022-yilning I-choragiga nisbatan 36 taga kamaygan, foiz hisobida murojaatlar 65% ga kamaygan.
Institutga 2023 yilning I-choragi davomida kelib tushgan (elektron pochta, og‘zaki, yozma) 20 ta murojaatlarning 13 ta (65%) murojaati qanoatlantirildi, 5 ta (25%) murojaatga tushuntirish berildi 2 tasi (10%) o‘rganish jarayonida. .
Elektron pochta orqali kelib tushgan 3 ta murojaatdan 2 tasi (67%) qanoatlantirildi, 1 tasi (33 %) o‘rganish jarayonida.
Elektron pochta orqali kelib tushgan murojaatlarining asosiy mazmuni: Stipendiya tayinlash va yotoqxona bilan ta’minlanish, yakuniy nazoratdan o‘tolmaganliklari kabi masaslalar.
Institutga kelib tushgan 4 ta yozma murojaatdan 3 tasi (75%) qanoatlantirildi, 1 tasi ( 25%) o‘rganish jarayonida.
Yozma murojaatlarning asosiy mazmuni: Yakuniy nazorat natijalaridan norozilik, sport zal binosi polini ta’mirlab berish, magistratura binosi hududidan qurilish mollari olib o‘tishi masalalari.
Institutga 2023 yilning I-choragi davomida qilingan og‘zaki murojaatlar soni 13 tani tashkil etdi, shundan 9 ta (69%) murojaat qanoatlantirildi, 4 ta (31%) murojaatga tushuntirish berildi.
Og‘zaki murojaatlarning asosiy mazmuni: o‘qishini ko‘chirish, ishga kirish, malakaviy imtihon topshirish, dissertasiya ishini dastlabki muhokamadan o‘tkazish, to‘lov-kontrakt masalalari, talabalar turar joyi va boshqa masalalar.
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’ulyatsizlik va sansalorliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda murojaatlarni takroriy ravishda kelib tushishini oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan, 2023 yil 31 yanvar kuni Institut Kengashining 6-son yig‘ilishida “Jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlari to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
2023 yilning 15 fevral kuni “Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida qonunchilik talablariga muvofiq tizimli ravishda ko‘rib chiqishni tashkil etish”ga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan
ishlash, monitoring va ichki nazorat
bo‘limi boshlig‘i H.Norqorayev



Download 42.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling