Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va uning


Hisob palatasi tomonidan tekshirish materiallarining topshirish va tekshirish natijalari bo’yicha davlat organlari tomonidan chora ko’rish tartibi


Download 171.56 Kb.
bet4/7
Sana17.02.2023
Hajmi171.56 Kb.
#1205244
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va uning moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi o’rni

Hisob palatasi tomonidan tekshirish materiallarining topshirish va tekshirish natijalari bo’yicha davlat organlari tomonidan chora ko’rish tartibi


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining topshiriqlari bo’yicha tekshirishlarni amalga oshirish chog’ida Hisob palatasi tomonidan tekshirish natijalari bo’yicha tahliliy yozuvlar tayyorlanib, ularda aniqlangan dalillar va davlatning iqtisodiy manfaatlariga etkazilgan zarar summalari ko’rsatiladi, mazkur yozuvlar tekshirishni tayinlagan organga taqdim etiladi.
Hisob palatasi yig’ma dalolatnoma imzolangan kundan boshlab yigirma kun mobaynida tekshirish obyekti yoki uning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvidagi yuqori organiga ko’rsatma yuboradi, u nazorat tadbiri davomida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq harakatlar va tadbirlar ro’yxatini o’z ichiga oladi.
Hisob palatasi tekshirishlarining jinoyat tarkibi alomatlarini o’z ichiga olgan materiallari tekshirish obyektlari mansabdor shaxslarining harakatlariga huquqiy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.
Hisob palatasi materiallari bo’yicha aniqlangan etkazilgan zararning ixtiyoriy tartibda qoplangan, belgilangan tartibda yoki sudning hal qiluv qarori bo’yicha undirilgan summalari tegishli byudjet hisobvaraqlariga yoki byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning hisobvaraqlariga qayd etiladi hamda Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning daromad va xarajatlarini tasniflashning alohida paragrafi sifatida hisobga olinadi.
Hisob palatasining o’tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari bo’yicha aniqlangan mablag’larni qayd etish uchun Moliya vazirligi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning daromad va xarajatlari tasnifida qo’shimcha paragraflar ochadi.
Davlat organlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha Hisob palatasini qabul qilingan choralarning natijalaridan xabardor qilib, zarar summasini undirish to’g’risida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qiladi.
Davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasini undiruvchi davlat organlari

ajratilgan byudjet yoki byudjetdan




vazirligi

tashqari maqsadli jamg’armalarning noqonuniy sarflangan mablag’lari undirilishini ta’minlash bobida
Moliya

Davlat byudjeti va byudjetdan Davlat soliq tashqari maqsadli jamg’armalarga qo’mitasi to’lanishi kerak bo’lgan soliqlar va


majburiy to’lovlar undirilishini ta’minlash bobida



Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari

ajratilgan byudjetdan tashqari


maqsadli jamg’armalarning noqonuniy maqsadli

sarflangan mablag’lari undirilishini jamg’armalarning
ijrochi direksiyalari

ta’minlash bobida



qonun hujjatlari bilan Hisob palatasining tekshirishlari davomida aniqlanadigan zararni undirish vakolat doirasiga
kiritilgan boshqa davlat organlari
  1. rasm. Davlatning iqtisodiy manfaatlariga etkazilgan zarar summasini undiruvchi davlat organlari23


Davlat organlari yo’llagan ko’rsatmalar, Hisob palatasi tekshirishlarining materiallari bilan aniqlangan iqtisodiy zarar summasini undirish bo’yicha ko’rilgan





23 O’zR MV, DSQ va Hisob palatasining 2006 yil 11 dekabrdagi 101, 2006-52, 11-133-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tayyorlandi

choralar ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunigacha 1ilovada keltirilgan shakl bo’yicha ko’rish natijalarini o’zaro solishtirish amalga oshiriladi.




  1. Download 171.56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling