Moliyaviy yangiliklar Oʻzbekistonva jahon miqyosida
Download 0.66 Mb.
|
Moliyaviy yangi-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzbekiston moliya yangiliklari
- O’zbekiston moliya bozori yangiliklari
- Xalqaro Valyuta Jamgarmasida eng kop ovoz berish huquqiga ega mamlakatlar
- AQSH milliarderlari pandemiya boshlanganidan beri $1 trlndan koproq boyidi
- Milliy brendlar-2020
Moliyaviy yangiliklar Oʻzbekiston va jahon miqyosidaO’zbekiston moliya yangiliklari Moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to’lovlari o’z vaqtida amalga oshirilib kelmoda deya xabar bermoqda moliya vazirligi axborot portali.Oʻzbekiston moliya yangiliklariHindiston, Eron va O'zbekiston birinchi marta dushanba kuni Markaziy Osiyoga tobora ko'proq strategik aloqadorlik kasb etayotgan Chabahar portidan birgalikda foydalanish bo'yicha uch tomonlama muloqot o'tkazadi. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vazirligi e'lon qildi. Ushbu tadbir virtual shaklda o'tkazilishi rejalashtirilgan.Ushbu port Hindiston va Eronni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog'laydigan strategik ahamiyatga ega tranzit hisoblanadi. O'zbekistonning ushbu portdan foydalanishi eksport va biznes vakillari uchun qulay imkoniyat hisoblanadi.O’zbekiston moliya bozori yangiliklari2021 – yilda iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash maqsadida davlat dasturi loyihasida ushbu yo’nalishlar bo’yicha alohida takilflar e’lon qilindi.Dasturda joriy yil davomida narx-navo va asosiy oziq – ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida quydagi chora tadbirlar haqida ma’lum qilindi:
Avvalroq ,Prezident murojotnomasida 2021 –yilda inflatsiya ko’rsatkichini 10 foiz darajaga tushurish vazifasi belgilandi.Markaziy bank raisi bank oldida turgan asosiy vazifa – inflatsiya darjasini begilngan me’yorlar doirasida bo’lishini ta’minlashdan iboratligini aytgandi.Ma’lumot uchun , davlat statistika qo’mitasi tomonidan 2020 –yil davomida inflastsiya darajasi 11,1 foiz bo’lgan.Dunyodagi eng katta aktivlarga ega bo'lgan mamlakatlarning suveren fondlari O'zbekistonning tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi jami aktivlar bo'yicha reytingda 35 o'rinda turar ekan.Xalqaro Valyuta Jamg'armasida eng ko'p ovoz berish huquqiga ega mamlakatlarKiberxavfsizlik bo'yicha mamlakatlar reytingi e'lon qilindiMilliy kiber strategiya hozirgi paytda har doimgidan ham muhim ahamiyatga ega. Kun ora yangidan yangi kiber tahdidlar paydo bo'lmoqda, ayniqsa pandemiya va raqamli transformatsiyalar ushbu risklarni yanada oshirib yubormoqda.Harvard Kennedy School’s Belfer Center tomonidan 2020 yildagi mamlakatlarning kiberxavfsizlik bo'yicha reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra AQSh birinchi o'rinni, Xitoy esa ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan. AQSH federal byudjetidan 2020 yilning o'zida $17,4 milliard dollar ushbu yo'nalishni rivojlantirishga sarflagan. Yana bir qiziq ma'lumot Singapurda har million ishchiga 16 ming kiberxavfsizlik xodimi to'g'ri kelar ekan. Bu ko'rsatkich dunyoda birinchi o'rinda turadi.AQSH milliarderlari pandemiya boshlanganidan beri $1 trlndan ko'proq boyidiPandemiya AQSh milliardrelari uchun "shukronalik yili"(Thanksgiving) bo'ldi deyishimizga yetarlicha asos bor. JSST Covid-19 ni rasman pandemiya deb e'lon qilganidan so'ng Amerikaning eng boy 650 odamlarining jami boyligi $4 trlnga yetdi, yoki boshqacha aytsak mart oyidan hozirgi paytga qadar ushbu milliarderlar $1 trlndan ko'proq boylik to'pladi. Shular orasidan 29 ta milliarderning boyligi 2 barobarga oshdi.Hozirda dunyoning eng boy odami, Amazon asoschisi Jeff Bezos 18 mart va 24 noyabr oylari oralig'ida $69,4 milliarddan ko'proqqa boyidi. Hozirda uning sof boyligi $182,4 milliardni tashkil etadi.Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi va boshqaruvchisi Elon Musk boyligi yuqoridagi davr oralig'ida 414 foizga oshdi, ya'ni $24.6 milliardan $126.2 milliardga yetgan holda Bill Gatesni ortda qoldirib dunyoning eng boy ikkinchi odamiga aylandi.Milliy brendlar-2020Brand Finance dunyoning brendlar qiymatlarini hisoblashga yordam beradigan yetakchi konsultatsiya markazlaridan biri hisoblanadi. 1996 yilda asos solingan firma hozirgi qadar 100 dan ortiq mamlakatlar va sektorlar bo'yicha brendlar reytingini e'lon qildi. Yaqinda 2020 yilgi milliy brendlar reytingi e'lon qilindi. Unga ko'ra dunyoning eng top 100 ta milliy brendi umumiy hisobda $13,1 trln qiymatini yo'qotdi(2020 yilda umumiy milliy brendlar qiymati $84,9 trln). Germaniya 2020 yilda 84,9(Rating-AAA) ball bilan dunyoning eng kuchli milliy brendiga ega mamlakat deb topilgan.Eng qimmatbaho brendlar reytingida esa AQSh($23,7 trln), Xitoy($18,8 trln) va Yaponiya($4,3 trln) yetakchilik qilmoqda. Ma'lumot uchun, O'zbekiston ushbu reytingda 9 pog'ona yuqorilab 100 ta davlat orasidan 61 o'rinni egalladi.Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling