KIRISH 1 ATB Mikrokredit bankning tarixi va tarkibiy tuzilishi. 2.Iqtisodiy taxlil va tashqi iqtisodiy faoliyat xizmati sektori. 3.Pul muomlasi va monitoring qilish bo'yicha maxsus sektor. 5.Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo'limi. 6.Investitsiya loyixalarini moliyalashtirish xizmati sektori. 7.Lizingoperatsiyalari va ularni rasmiylashtirish tartibi. 8.Konversion amaliyot bo'limi. 9. Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi. 10.Plastik kartochkalar tizimini rivojlantirish sektori.
KIRISH Malakaviy amaliyotini o'tashdan maqsad bevosita ta'lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o'zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo'yicha tajriba hosil qilish, Mikrokredit bank Termiz shahar ATB bo'limining tashkiliy bo'linmalari tuzilishini va funksional masalalarini o'rganish, kadrlar saloxiyati yo'nalishlarni shakllantirish va tadbiq etishning iqtisodiy ko'rsatkichlarini hisoblash bo'yicha amaliy ko'nikmalarini egallash hamda malakaviy amaliyoti hisoboti uchun materiallarni to'plash hisoblanadi. Men, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muasssalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizomga asosan va Termiz davlat universiteti rektori buyrug'iga asosan 22-martdan, 1-maygacha 6- xafta davomida Mikrokredit bank Termiz shahar ATBga malakaviy amaliyotini o'tash uchun yuborildim. Men 28-mart kuni berilgan yo'llanma asosida Mikrokredit bank Termiz shahar ATB ga bordim va amaliyotni o'tash to'g'risida buyruq chiqarilib,menga bank raxbari tomonidan,amaliyotni o'tash bo'yicha rahbar tayinlandi. Amaliyot dasturi va jamiyat xusussiyatidan kelib chiqib, amaliyot rahbari bilan jamiyat bo'limlari va ish faoliyatini tanishish bo'yicha topshiriqlar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |