2.Iqtisodiy tahlil va tashqi iqtisodiy faoliyat xizmati sektori. Banklar naqd pul va boshqa boyliklarni qabul qilishi hamda berishi, mablag’larni bankdagi bir xisobvaraqdan boshqasiga o'tkazishi uchun asos bo'ladigan xisob-kitob-pul xujjatlarida to'gri rasmiylashtirganligi va tekshirilganligini bildiruvchi bank mansabdor shaxslarining imzolari bo'lishi lozim. Qo'shimcha nazorat qilinishi talab etilmaydigan operatsiyalarga doir xujjatlarda esa birgina buxgalteriya xodimining imzosi bo'lishi kifoya. Bajarilgan operatsiyalarni isbotlovchi hujjatlar sifatida bankda saqlanadigan hujjat nusxalari xam, xisobvaraqlardan olinib, ularning egalariga yuboriladigan ko'chirmalarga ilova qilinadigan nusxalar ham shu bank xodimlarining imzolari bilan rasmiylishtiriladi. Bank resurslarini shakllantirish bilan bog'lik bulgan operatsiyalar bankning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida bankning passiv va aktiv-passiv hisob raqamdagi pul mablag’larining salmog'i oshib boradi. Passiv operatsiyalar yordamida kreditlash uchun zarur bulgan kredit resurslari tashkil kiladi. Mikrokredit bank Termiz shahar ATB kapitali tarkibi taxlili . Ko'rsatkichlar 2019 2020 O'zgarishi (q,-) Summa (ming. so'mda) salmo g'i (%) Summa (ming.so'mda) salmog'i (%) ming.so'm % 1. Ustav fondi 229889 326 57,0 190181 433 66,2 29 292 107 9,2 2. Kushilgan kapital 658451 0,6 754 417 0,5 95 966 -0,1 3. Zaxira kapital 33717 559 31,2 35791 040 26,0 2073 481 - 5,2 4. Taqsimlanma gan foyda 12190 474 11,2 9993 162 7,3 -2 197 312 3,9 5. Jami o'z mablag'lari 108455 810 100 137660 052 100 30 204 742 Xulosa: Bankning uz kapitali tarkibining tahlil natijalari quyidagicha bo’lgan: bankning jami uz mablag'lari 2019 yilda 108455810 ming sumni, 2020 yilda 137660052 ming so’mni tashkil etgan va usish kuzatilgan ya`ni bankning uz mablag’lari 30 204742 ming so’mga oshgan. Bankning uz mablag’larining oshgani orqali bank o’z kreditorlarining manfaatini himoya qila olish, bank faoliyatining barqarorligini ta`minlash, bank faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beradi. O’z mablag’lari tarkibida eng katta ulushni bankning ustav kapitali egallagan. 2019 yilda 57,0%, 2020 yilda 66,2% ni kursatmoqda. Qo’shilgan kapitali 95966 ming so’mga, zaxira kapitali 2073481 ming so’mga oshgan. Bankning taqsimlanmagan foydasi zaxira fondiga ajratmalar va dividendlar to’langanidan so’ng qolgan foydaning bir qismi hisoblanadi va bankning boshqa chiqim va xarajatlarni moliyalashtirishga xizmat qiladi. Taqsimlanmagan foyda va boshqa tashkil qilingan fondlar bank resurs bazasiga ijobiy ta'sir qiladi va bankning o’z aylanma mablag’larining tarkibiy qismi xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |