4.Kredit operatsiyalari sektori . Kredit portfeli tijorat banklarining kredit berish imkoniyatlarini ko'rsatadigan omillardandir. Kredit portfelini to'g'ri tashkil etilishi tijorat banklarining samarali faoliyat yuritishi uchun asos hisoblanadi. Xususan, kredit berish va uni belgilangan muddatda qaytarib olish, u bilan bog'liq xatarlar, ssudalar, muddati o'tgan yoki uzaytirilgan kreditlar bo'yicha hisob-kitob operatsiyalari, ssudalar bo'yicha zararlarni qoplash zahira miqdori, banklararo kredit va markazlashtirilgan kreditlar bo'yicha operatsiyalar shular sirasiga kiradi. Demak, kredit portfeli - bu turli xil risklarga asoslangan muayyan mezonlarga qarab turkumlangan kreditlar miqyosidagi bank talablarining yig'indisidir.Tijorat banklari tomonidan berilgan barcha kreditlar, uning kredit portfelida o'z ifodasini topadi. Tijorat banklari o'z mijozlariga turli ko'rinishdagi kreditlar berishi mumkin. Kredit portfelining tarkibi ma'lum darajada bankning kutilayotgan daromadiga ham bog'liq. Chunki bank, odatda kutilayotgan daromadi maksimal bo'lgan ssudalarni berishni ma'qul ko'radi. Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor, kreditlash jarayonini to'g'ri va sifatli olib borishi zarur. Mikrokredit bank Termiz shahar ATB tomonidan berilgan kreditlar muddati bo'yicha tarkibi. Ko'rsatkichlar 2019yil 2020 yil O'zgarishi (q,-) summa (ming. so'm) %da summa (ming. so'm) %da ming. so'm % 1 Qisqa muddatli kreditlar 295467340 50.1 347996547 36,7 52529207 -13.4 2 Uzoq muddatli kreditlar 295417340 49,9 599196547 63,3 303779207 13.4 3 Jami berilgan 590884680 100 947193094 100 356308414 0 Bank kredit portfelining holati 2017 yil holatiga: Mikrokredit bank Termiz shahar ATB Amaliyot boshqarmasi kredit qo’yilmalari 2019 yil holatiga 82992.42 mln so’mni tashkil etadi(01.12.2017 yil holatiga bu ko’rsatkich 40414.91 mln.sumni tashkil etgan)
Do'stlaringiz bilan baham: |