Mavzu: Depozitlar va ularning
Download 17.9 Kb.
|
PKvB
Referat Mavzu: Depozitlar va ularning salmogini kengayish istiqbollari Tuzuvchi: Shokirjonov Obidjon Guruh: 131-21 Depozit (lot. depositum — omonat, asrab qoʻyilgan) — 1) bankka qoʻyilgan omonatlar. Bunday Depozitlarning muddatli (muayyan muddatdan soʻng qaytarib beriladigan) va talab qilib olinadigan (omonat egasining birinchi talabi bilan beriladigan) turlari bor. Kredit muassasasi omonatchiga Depozitni olish huquqini beruvchi hamda mazkur pul mablagʻining bankka deponent qilinganini tasdiqlovchi yozma guvohnoma — Dipozit. sertifikati beradi; 2) bank daftaridagi mijozlarning bankka boʻlgan muayyan talablarini ifodalovchi yoki tasdiklovchi yozuvlar; 3) kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlar (aksiya va obligatsiyalar) va pul vositalari; 4) turli muassasalarga talab qilinadigan toʻlovlarni taʼminlash uchun oldindan oʻtkaziladigan badallar. Tijorat banklari kredit resurslarini shakllantirishda depozitlar asosiy o’rinni egallaydi. Ularning asosiysi yo’qlab olinadigan qo’yilmalarga, tezkor hamda jamg’arma qo’yilmalarga bo’linuvchi depozitlardir. Yo’qlab olinadigan qo’yilmalar, shuningdek, joriy schetlar omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. Joriy schetning egasi bankdan chek daftarchasini oladi. Bunda u pul olish bilan birga iqtisodiy munosabatlar vakillari bo’lgan korxona, tashkilot, muassalar hisob-kitob operatsiyalarini olib borishi mumkin. Muddatli omonatlar - mijoz tomonidan bankka ma’lum muddatga qo’yiladigan qo’yilmalar bo’lib, ular orqali mijozlarga bank tomonidan yuqori foizlar to’lanadi. Bunda foiz stavkalari qo’yilmaning muddati va miqdorigi bog’liq bo’ladi. Muddatli qo’yilmalarning turlaridan biri, bu mablag’larni jalb qilishning aniq qayd etilgan vaqtga mo’ljallangan depozit sertifikatlar hisoblanadi. Ular muomalaga 1961 yili birinchi bo’lib «Ferst neshnl siti benk» kiritgan. Schet egalariga ularning nomlari yozilgan, to’lash muddati va foiz darajasi ko’rsatilgan maxsus guvohnomalar beriladi. Yoozirgi vaqtda tijorat banklari bo’sh pul mablag’larini jalb qilishda depozit sertifikatlaridan foydalanmoqda. Sertifikatda ko’rsatilgan qo’yilma muddati tugagandan so’ng, uning egasi qo’yilma summasini va kelishilgan foizlarni olish huquqiga ega bo’ladi. Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo’yilmalari muhim rol. Ular to’liq summada yoki bo’lib-bo’lib qo’yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi va bank o’rtasidagi mablag’ qo’yishi bilan bog’liq munosabat omonat daftarchasini berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to’lovchilik asosida turli hil maqsadli qo’yilmalarni, muddatli yoki talab qilish hamda olish mumkin bo’lgan jamg’armalar qabul qiladilar. Shuningdek, ba’zi mamlakatlarda «Yangi yil qo’yilmalari» deb nomlangan turi ham mavjud. Bunda bank yil davomida, yangi yilni nishonlash uchun, katta bo’lmagan qo’yilmalarni qabul qilib boradi va yil oxirida omonatchilarga pullarni qaytaradi, 223 xohlovchilar pul jamg’arishni keyingi yangi yilgacha davom ettirishlari ham mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu qo’yilmalar oddiy fuqarolar orasida keng qo’llaniladi. Banklar uchun muddatli qo’yilmalar juda qulay hisoblanadi. Bank resurslarining muhim manbasi banklararo kreditlardir, ya’ni boshqa banklardan olinadigan ssudalar. Ushbu resurslardan foydalanish sezilarli darajada rivojlangan. Pul-kredit bozorida qisqa muddatli bank.lararo kreditlar, shuningdek, «qisqa pullar» salmog’i ko’pchilikni tashkil etadi. Download 17.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling