so'm % 1 Yuridik shaxslarga 125486401 21.2 207530618 21.9 82044217 0.7 2 Jismoniy shaxslarga 111341453 18.8 136092539 14.4 24751086 -4.4 3. Davlat va byudjet tashkilotlariga 298149086 50.5 535539761 56.5 237390675 6 4. Xususiy korxonalarga 25035507 4.2 35291757 3.7 10256250 -0.5 5. Qo’shma korxonalarga 32738419 5.3 30852233 3.5 -1886186 -1.8 6. Jami 590884680 100 947193094 100 356308414
Xulosa: ATB Mikrokdredit bank tomonidan berilgan jami kreditlar yil oxirida yil boshiga qaraganda 356308 414 ming so’mga oshgan. Jami berilgan kreditlari tarkibida davlat va byudjet tashkilotlariga berilgan kreditlar yuqori miqdorni tashkil etgan, ya`ni 2019 yilda 298149086 ming so’m (50.5%), 2013 yilda esa 535539761 ming so’m (56,5%). Bankning yuridik shaxslarga bergan kreditlari yil oxirida yil boshiga qaraganda 82044217 ming so’mga oshgan. Jismoniy shaxslarga va xususiy korxonalarga bergan kreditlari xam oshgan. Qo’shma korxonalarga berilgan kreditlar esa 1886186 ming so’mga kamaygan. Umuman olganda, bankning kreditlash qobiliyati o’sgan, bu bankning foydasiga ham uz ijobiy ta`sirini kursatadi. Kredit siyosat - bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini boshqarish bilan bog'liq, obyektiv standartlarini va me’zonlarini aniqlab beradi. Kredit siyosatini to'g'ri tuzish va olib borish, barcha bo'limlar tomonidan bu siyosat maqsadining aniq tushunilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini to'g'ri olib borishiga, yuqori risklardan qochishga, bank imkoniyatlarini to'g'ri aniqlashga asos hisoblanadi. Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit riskini boshqarish va uni kamaytirishga yaxshi imkon beradi. Kredit siyosatining zarurligi shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda kam yoki ko'p xodim ishlashidan qat'iy nazar, bankda bu siyosat bo'lishi lozim. Chunki bu siyosat kredit bo'yicha unifitsirlashgan umumiy qoida va tamoyillarning bajarilishini, operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligini ta'minlaydi. Bankning kredit siyosati bankning hamma xodimlari kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi raisigacha bir xil bo'lishi lozim. Shuning uchun ham kredit siyosatini oldindan belgilab olingan qoida va yechimlar to'plami deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |