Mundarija kirish 1 atb mikrokredit bankning tarixi va tarkibiy tuzilishi


Download 52.38 Kb.
bet14/29
Sana15.06.2023
Hajmi52.38 Kb.
#1488160
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
mikrokredit bank




Kreditlarni rasmiylashtirish tartibi, kredit olish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi

hujjatlarni taqdim etadi:

a) kredit miqdori, foydalanish muddati, maqsadi, ta'minoti ko'rsatilgan kredit arizasi;

b) qarz oluvchining ta'sis xujjatlari (nusxasi);

v) kredit hisobidan moddiy boyliklar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish) uchun

qarz oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar yoki axdlashuv bayonnomasining nusxalari;

g) oxirgi hisobot davri uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi buxgalteriya balansidagi ma'lumotlar;

d) biznes-reja.

j) kredit ta'minotiga doir hujjatlar.

Zarur hollarda, bank qarz oluvchidan so'ralayotgan kredit xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa ma'lumotlarni talab qilish huquqiga ega.

Bankning tegishli kredit bo'limi xodimi talab qilingan hujjatlar to'plamini olib, ularni sinchikovlik bilan o'rganib chiqqach, qarz oluvchining kredit qobiliyatini va to'lov layoqatini aniqlaydi hamda kredit xizmati ko'rsatish mumkin yoki mumkin emasligi to'g'risida xulosa tayyorlaydi. Unda quyidagilar aks etadi:

kredit maqsadi, muddati va miqdori (foizlar);

qarz oluvchining ustav faoliyati kredit maqsadlariga mosligi;

qarz oluvchining kredit qobiliyati; qarz oluvchining kredit tarixi;

KAMIga (yoki banklararo Kredit Byurosi) yuborilgan 9-va 10so'rovlar natijasida olingan ma'lumotlar;

asosiy qarz va uning foizlari o'z vaqtida to'lanishini ta'minlash bo'yicha qarz oluvchining moliyaviy imkoniyatlari;

biznes reja tahlili;

kredit ta'minoti yetarliligi va nazorat qilinishi;

qarz oluvchilar, garovga qo'yuvchilar, kafillar hamda ularning boshqaruv organlarida tegishlicha bank kreditlarini jalb etish,

mulkni garovga qo'yish va kafolatlar berish vakolati borligi;

kredit berish bilan bog'liq xatar darajasi;


Download 52.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling