Reja: 1. Ilmiy tadqiqot ishlari to’g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish 2. Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish asosi 3. Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash
Ilmiy tadqiqot ishlari to’g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) to’g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish umumiy talablari, shakli va qoidalari umumqabul qilingan mezonlarda belgilangan. ITI hisobotlariga quyidagi talablar qo’yiladi: - tuzilishining aniqligi; - materiallarni bayon qilishning mantiqiy ketma-ketligi; - dalillashning ishonchliligi; - ifodalashning qisqa va aniqligi; - ish natijalari bayonining aniqligi; - xulosalarning isbotlanishi va tavsiyalarning asosliligi. Hisobotlarni rasmiylashtirish umumiy talablari va qoidalari "ilmiy tadqiqot ishlari to’g’risidagi hisobot" bo’yicha Davlat standarti 7.32-91 da berilgan.