ITI haqidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi: - bosh varaq; - bajarilgan ishlarning qisqacha mazmunli bajaruvchilar ro’yxati; - referat; - mundarija (sarlavha); - qisqartmalar, belgilar va maxsus terminlar ro’yxati, zarur holda ularga tushuntirish beriladi; - asosiy qism; - adabiyotlar ro’yxati; - ilova. Referat o’tkazilgan ITI asosiy mazmunini ifodalash kerak, unda hisobotning hajmi, tasvirlar miqdori va tavsifi, jadvallar miqdori, hisobot yozilgan til, asosiy so’zlar ro’yxati va referat matni haqidagi ma’lumot bo’lishi lozim. Referat matni quyidagilarni o’z ichiga oladi: - bajarilgan ish ifodalovchi asosiy qism; - referat asosiy qismi mazmunini ochib beruvchi aniq ma’lumotlar - olingan natijalarning o’ziga xosligi, samaradorligi, qo’llanilishi mumkin bo’lgan sohalarga taalluqli qisqacha xulosalar
Do'stlaringiz bilan baham: |