Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi


Download 288.05 Kb.
bet5/11
Sana05.01.2022
Hajmi288.05 Kb.
#213490
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
safarov

Ilovada asosiy matnga qo’shilganda ko’p joyni egallaydigan ko’shimcha materiallar beriladi. Quyidagilar ana shunday materiallar hisoblanadi: - oraliq matematik qistirmalar va hisob-kitoblar; - yordamchi raqamli ma’lumotlar jadvali; - sinov bayoni va hujjatlari; - eksperiment o’tkazishda qo’llanilgan apparatlar va priborlar tavsifi, o’lchashlar va sinashlar; - joriy texnikaviy yechimlar yo’riqnomasi, metodikasi, tavsifi, qo’shimcha tarzdagi tasvirlar va h. k.

Matn qismi, tasvirlar, jadval va formulalar ilmiy tadqiqot ishi haqidagi hisobotni rasmiylashtirish qoidalariga bo’lgan me’yoriy talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Hisobotda beriladigan tasvirlar miqdori mazmuniga ko’ra belgilanadi va bayon etilayotgan material ravshan va aniq bo’lishi uchun yetarli miqdorda berilishi lozim. Tasvirlar shunday tayyorlanishi kerakki, qismlari va yozuvlar sifatli reproduksiya yoki kompyuterda aks ettirish imkonini ta’minlaydigan bo’lishi lozim. Mikrofilmi tayyorlanishi zarur bo’lgan hisobotlar uchun shtrixli tasvirlar va fotosuratlarni asl nusxasi qo’shimcha qilinishi kerak. Nusxa va rangli rasmlar qo’shilmaydi. Barcha tasvirlar (fotografiya, tarxlar, chizmalar va b.) ras-mlar deb ataladi. Rasmlar har bir qism ichida arab raqamlari bilan tadrijiy ravishda raqamlanadi. Rasm raqami bob tartib raqami va rasm tartib raqamidan iborat, bir-biri bilan nuqta yordamida ajratilgan bo’lishi kerak. Masalan, «2.01-rasm». Hisobot matnida rasmga havola qilinganda uning aniq tartib raqamini ko’rsatish kerak, masalan «2.01-rasm»


Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling