Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish va ularning hisobi
Download 73.87 Kb.
|
Asqar bank ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat
Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish va ularning hisobi.Tayyorladi: Asqarov Asrorbek.Reja.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 3 iyunda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining “O'zbekiston Respublikasida nakd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizomni tasdiklash hakida”gi Qarorini ro'yxatdan o'tkazdi. Mazkur qaror bilan O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizom O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi, «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur nizom O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: to'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; akkreditiv bo'yicha hisob-kitoblar; inkasso bo'yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi: memorial order,to'lov topshiriqnomasi; to'lov talabnomasi; inkasso topshiriq-nomasi; akkreditivga ariza; tijorat bankining hisob-kitob cheki (bundan buyon matnda chek deb yuritiladi). Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (bundan buyon matnda BPK deb yuritiladi) foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi mablag'larni to'lovchi va mablag'larni oluvchi o'rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bank hisobvarag'i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo'yilgan bo'lmasa, bank tegishli to'lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag'larni mijozning hisobvarag'iga kirim qilishi yoki mablag'larni uning hisobvarag'idan hisobdan chiqarishi shart.
Banklar mijozning topshirig'iga binoan elektron to'lovni tegishli to'lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo'lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to'lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to'lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 73.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling