Referatning eng maqbul hajmi 1100-1200 bosma belgidan iborat bo’lishi lozim. Hisobotning asosiy qismi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: - kirish; - analitik sharx (masalaning qo’yilishi); - ishning tanlangan yo’nalishini asoslash; - bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarini ifodalovchi hisobot bo’limlari; - xulosa (xulosa va takliflar). Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish asosi Kirish ish bag’ishlangan ilmiy-texnikaviy muammo (masala)ning zamonaviy ahvolini, shuningdek ishni maqsadini qisqacha tavsiflash kerak. Kirish qismida tavsiflanayotgan ishdagi yangilik va dolzarblik nimadan iboratligini bayon etish va uni o’tkazish zarurligini asoslash zarur. Analitik sharxda tadqiqotni metodikasi va hal etish vositalari bo’yicha adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar, ITI oldida turgan masalani yangicha hal etish yo’llari bayon qilinishi lozim. Ishning tanlangan yo’lini asoslash boshqa mumkin bo’lgan yo’nalishlarga taqqoslash bo’yicha afzalliklariga asoslanadi. ITI tanlangan yo’nalishi va ishchi gipoteza ITI o’tkazish aniq shartlarini hisobga olgan holda analitik sharxda mavjud bo’lgan tavsiyalarga asoslanishi kerak. ITI ning tanlangan yo’lini asoslash ishning maqsadga muvofiqligi (yoki zarurligi)ni asoslash bilan almashtirmasligi kerak. ITI tanlangan yo’nalishi tegishli topshiriklar bilan asoslanmasligi lozim. Bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarni ifodalovchi hisobotning qismlari barcha oraliq va yakuniy natijalar, shu jumladan salbiylari bilan birgalikda to’la va tadrijiy tarzda bayon etilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |