Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi Bajardi: tursunov U
Download 12.88 Kb.
|
Mavzu ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi-fayllar.org
Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibiBajardi: tursunov UTekshirdi: safarov aReja: 1. Ilmiy tadqiqot ishlari to’g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish 2. Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish asosi 3. Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlashIlmiy tadqiqot ishlari to’g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) to’g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish umumiy talablari, shakli va qoidalari umumqabul qilingan mezonlarda belgilangan. ITI hisobotlariga quyidagi talablar qo’yiladi: - tuzilishining aniqligi; - materiallarni bayon qilishning mantiqiy ketma-ketligi; - dalillashning ishonchliligi; - ifodalashning qisqa va aniqligi; - ish natijalari bayonining aniqligi; - xulosalarning isbotlanishi va tavsiyalarning asosliligi. Hisobotlarni rasmiylashtirish umumiy talablari va qoidalari "ilmiy tadqiqot ishlari to’g’risidagi hisobot" bo’yicha Davlat standarti 7.32-91 da berilgan.ITI haqidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi: - bosh varaq; - bajarilgan ishlarning qisqacha mazmunli bajaruvchilar ro’yxati; - referat; - mundarija (sarlavha); - qisqartmalar, belgilar va maxsus terminlar ro’yxati, zarur holda ularga tushuntirish beriladi; - asosiy qism; - adabiyotlar ro’yxati; - ilova.Referat o’tkazilgan ITI asosiy mazmunini ifodalash kerak, unda hisobotning hajmi, tasvirlar miqdori va tavsifi, jadvallar miqdori, hisobot yozilgan til, asosiy so’zlar ro’yxati va referat matni haqidagi ma’lumot bo’lishi lozim. Referat matni quyidagilarni o’z ichiga oladi: - bajarilgan ish ifodalovchi asosiy qism; - referat asosiy qismi mazmunini ochib beruvchi aniq ma’lumotlar - olingan natijalarning o’ziga xosligi, samaradorligi, qo’llanilishi mumkin bo’lgan sohalarga taalluqli qisqacha xulosalarReferatning eng maqbul hajmi 1100-1200 bosma belgidan iborat bo’lishi lozim. Hisobotning asosiy qismi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: - kirish; - analitik sharx (masalaning qo’yilishi); - ishning tanlangan yo’nalishini asoslash; - bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarini ifodalovchi hisobot bo’limlari; - xulosa (xulosa va takliflar).Download 12.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling