Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi Bajardi: tursunov U


Download 12.88 Kb.
bet5/5
Sana31.01.2023
Hajmi12.88 Kb.
#1144860
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi-fayllar.org

Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: - ilmiy materialni nashr qiluvchi noshir qo’ygan talablarni o’rganish; - tanlangan ilmiy ish bo’limi mazmunini yozma bayon qilish; - sof patentlikka ko’ra maqola mazmunini tekshirish; - ochiq matbuotda e’lon qilish uchun maqolani ekspertizadan o’tkazish, kashf etish, yangilik yaratish unsurlarini yo’qligi; - maqolani ichki va tashqi taqrizga berish; - maqolani noshirga topshirish.

Ilmiy materiallarni rasmiylashtirish talabi material turiga bog’liq va u quyidagilarni o’z ichiga oladi: - qog’oz va uning hajmiga bo’lgan talab; - chap, o’ng tomondan, yuqori quyidan qoldiriladigan ochiq joy hajmi; - sahifalarga tartib raqamlarini qo’yshi; - rasmiylashtirish muharriri; - jadval va rasmlarni berilishiga talablar; - bosish shrifti va intervali; - bayon etilish ishi; - boshqa tildagi annotasiyalarga bo’lgan talab.

Nashr etilayotgan ilmiy material kirish qismidan, amalda bayon etilayotgan ilmiy material mazmuni va bayon qilinayotgan mavzu bo’yicha xulosadan iborat bo’lishi kerak. Agar muallif ma’lum ilmiy ishlarga havola qilsa yoki ulardan foydalansa ular adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilishi kerak. Muallif patent sofligiga ilmiy maqola mustaqil tekshiruvini amalga oshirishi, buni maqolani nashrga tayyorlash jarayonida bajarish kerak. Patent sofligiga ko’ra tekshiruv o’z ichiga prototiplar va analoglarni topish, farkli tomonlarni belgilashni oladi. Har bir nashrga ekspertiza dalolatnomasi tuziladi. Buni mazkur ish bajarilgan tashkilot tuzadi, ochiq matbuotda e’lon qilish imkoni va mazmuni tegishli xulosa beradi. E’lon qilishga takdim etilayotgan ilmiy materialga ayrim hollarda taqriz talab qilinadi. Taqriz ichki yoki tashqi bo’lishi mumkin. Ichki taqriz ish bajarilgan tashkilot mutaxassis tomonidan beriladi. Tashqi taqriz esa boshqa tashkilot mutaxassis tomonidan yoziladi. Shuni ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish bosqichida bo’lgan ilmiy tadqiqot ishlarining materiallari, agar tugallanmagan va muayyan aniq xulosalar yoki yakunga yetmagan bo’lsa e’lon etish uchun tavsiya qilinmaydi. Ilmiy materiallarni nashr qilish - ilmiy xodim, ilmiy muassasa yoxud korxona jamoasi bajargan ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijasiga mualliflik huquqit oshkora himoya qilish shakllaridan biri. Muallif (yoki mualliflar) ilmiy tadqiqotlarni ularni e’lon qilishga tayyorlash bosqichida patent sofligiga mustaqil tekshirishni amalga oshirishlari shart



http://fayllar.org
Download 12.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling