Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi Bajardi: tursunov U
Download 12.88 Kb.
|
Mavzu ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi-fayllar.org
Matn qismi, tasvirlar, jadval va formulalar ilmiy tadqiqot ishi haqidagi hisobotni rasmiylashtirish qoidalariga bo’lgan me’yoriy talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Hisobotda beriladigan tasvirlar miqdori mazmuniga ko’ra belgilanadi va bayon etilayotgan material ravshan va aniq bo’lishi uchun yetarli miqdorda berilishi lozim. Tasvirlar shunday tayyorlanishi kerakki, qismlari va yozuvlar sifatli reproduksiya yoki kompyuterda aks ettirish imkonini ta’minlaydigan bo’lishi lozim. Mikrofilmi tayyorlanishi zarur bo’lgan hisobotlar uchun shtrixli tasvirlar va fotosuratlarni asl nusxasi qo’shimcha qilinishi kerak. Nusxa va rangli rasmlar qo’shilmaydi. Barcha tasvirlar (fotografiya, tarxlar, chizmalar va b.) ras-mlar deb ataladi. Rasmlar har bir qism ichida arab raqamlari bilan tadrijiy ravishda raqamlanadi. Rasm raqami bob tartib raqami va rasm tartib raqamidan iborat, bir-biri bilan nuqta yordamida ajratilgan bo’lishi kerak. Masalan, «2.01-rasm». Hisobot matnida rasmga havola qilinganda uning aniq tartib raqamini ko’rsatish kerak, masalan «2.01-rasm»Rasmlar ularga matnda havola qilingandan so’ng xisobot tekstida ketma-ket joylashtiriladi. Rasmlarni shunday joylashtirish kerakki ularni hisobotni varaqlamay ko’rish mumkin bo’lsin. Agar rasmlarni bunday joylashtirish imkoni bo’lmasa, ularni shunday joylashtirish lozimki, toki hisobotni soat strelkasi bo’ylab aylantirish mumkin bo’lsin. Hisobotda A formati hajmidan katta bo’lgan rasmlarni berish tavsiya etilmaydi. Har bir rasm batafsil tavsifiy yozuvga ega bo’lishi lozim. Ost yozuv rasm tartib raqami bilan bir qatorga qo’shib joylashtiriladi. Rasmdagi yozuvlar hisobotdagi barcha rasmlar hajmi bo’yicha bir xil shriftda bajariladi. Hisobotlardagi ilmiy tadqiqotning raqamli materiallari jadval tarzida joylashtiriladi. Har bir jadval tavsifiy sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Jadval yuqorisida «jadval» va uning tartib raqam joylashadi. Jadval tartib raqami xuddi rasmdagi kabi bo’ladi. Sarlavxa «jadval» so’zidan yuqorida joylashadi. «Jadval» so’zi va sarlavxa yozma harflarda yoziladi. Jadval grafalari sarlavhasi katta harflarda yoziladi, sarlavhachalar esa kichik harflarda. Hisobot matnida zarur hollarda formulalar joylashtiri-ladi. Formulalardan so’ng simvollar, koeffisiyentlar va boshqa eksplikasiyalarga tushuntirish beriladi. Eksplikasiyalarda simvollar va raqamli koeffisiyentlar qiymati formula tagidan ular formulada qanday tartibda berilgan bo’lsa xuddi shunday tartibda keltiriladi. Har bir simvol va raqamli koeffisiyentni qiymati yangi qatordan berilgani ma’qul. Eksplikasiyaning birinchi satri «bunda» so’zi bilan boshlanadi. Bu so’zdan keyin ikki nuqta qo’yilmaydi.Download 12.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling