Kredit shartnomasi rasmiylashtirilgandan so'ng elektron ssuda kartochkasi ochiladi, kredit xodimi kreditlash shartlarini ko'rsatgan holda ssuda hisobraqami ochish haqida buxgalteriyaga farmoyish beradi. Kredit ajratishda quyidagi buxgalteriya o'tkazmalari amalga oshiriladi: Kredit berish: Kredit: 202XX - Sotuvchining (xizmat ko'rsatuvchi yoki pudratchi) hisobraqami. Agar qarz oluvchi aylanma mablag'larni to'ldirishga kredit olib, paynet xizmati ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullansa: Debet: qarz oluvchining ssuda hisobraqami Kredit: 22604 - qarz oluvchining maxsus hisobraqami. Agar kredit naqd pulda berilayotgan bo'lsa: Debet: qarz oluvchining ssuda hisobraqami Kredit: 10101- qarz oluvchining maxsus hisobraqami.
Muddatli majburiyatnomani balansdan tashqari hisobraqamida yuritish (kredit asosiy qismini qaytarish bo'yicha har bir to'lovga alohida muddatli majburiyatnoma rasmiylashtiriladi va u buxgalteriyadagi mas'ul ijrochida saqlanib nazorat qilib boriladi): Debet: 91901 (91905) - qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar va lizinglar bo'yicha majburiyatlari (qarzdorlarning uzoq muddatli majburiyatlari) Kredit: 96345 (96349) - qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar va lizinglar bo'yicha majburiyatlari kontr hisobraqami (qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar bo'yicha majburiyatlari kontr-hisobraqami); Garov ta'minotining (qimmatli qog'ozlarning) balansdan tashqari hisobraqamida yuritish: Debet: 94501 Garov sifatida qabul qilingan qimmatli qog'ozlar Kredit: 96381 Garov sifatidagi qimmatli qog'ozlar, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) bo'yicha kontr-hisobraqami; 6. Investitsiya loyixalarini moliyalashtirish xizmati sektori. O'zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanib, o'z faoliyatini yuridik shaxs maqomini olgan holda tashkil etib, davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan kichik biznes sub'ektlari (shu jumladan, fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari) dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun mikrokreditlash sub'ekti bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |